@milliy_universitut · Post #6215 · 22.12.2025 г., 09:35
#IshchiGuruh#Sarhisob Ijtimoiy fanlar fakulteti faoliyati o‘rganilmoqda 🇺🇿 Bugun, 22-dekabr kuni O'zbekiston Milliy universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori Shuhrat Toshmatov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Ijtimoiy fanlar fakultetida o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda hamkorlik yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar holati har tomonlama tahlil qilinmoqda. 📰 Xususan, fakultet kengashi va o‘quv-uslubiy kengash qarorlarining ijrosi, dekanat faoliyati, kafedralarning ilmiy salohiyati, professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlari sifati, talabalar fikri, HEMIS platformasidagi kontentlar, o‘quv rejalar, fan dasturlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda. ☑O’zbekiston Milliy universiteti
Hashtags