@HashtagUz · Post #14599 · 11.12.2025 г., 12:20
🟢 Razer o‘zining ilk afsonaviy o‘yin sichqonchasi Boomslang’ni qayta chiqaradi — yangilangan ichki texnologiyalar va cheklangan sonli kolleksion nashrda 📅 2005-yilda taqdim etilgan BoomslangPC-gaming uchun maxsus yaratilgan dunyodagi birinchi sichqoncha bo‘lib, o‘yin periferiyasining butun bir sanoatini boshlab bergan edi. Endi kompaniya uning 20 yilligiga bag‘ishlab Razer Boomslang 20th Anniversary Edition'ni taqdim qildi. ✅ Tashqi ko‘rinishi deyarli o‘sha klassik shaklda qolgan, ammo ichki qismi to‘liq zamonaviylashtirilgan: Focus Pro 45K Gen-2 sensor, Gen-4 optik tugmalar, 45 000 DPI gacha qo‘llab-quvvatlash, HyperSpeed wireless, 8000 Hz polling rate va zaryadlovchi dok-stansiya. Korpus yarim shaffof, 9 zonali RGB yoritishga ega, istalgancha qo‘shiladigan shisha oyoqchalar bilan. 🖱 Vazni va narxi hozircha oshkor qilinmagan. Ma’lum bo‘lgan yagona narsa — Razer atigi 1337 dona chiqaradi va har bir sichqoncha o‘ziga xos raqamga ega bo‘ladi. ➡️#razer | Birinchi IT-Blog
Hashtags