@ozbek_kadin_haklari · Post #3930 · 11.04.2026 г., 10:38
#Bursa 🇺🇿Manzil — Bursa: Ilm va ma’rifat sari muhim qadam! ✨ Bugun jamoamiz Turkiya Respublikasining tarixiy va go‘zal shahri — Bursa tomon yo‘l oldi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi — “O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati” hamda “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va madaniyat markazi” hamkorligida tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy dasturda ishtirok etishdir. ⚡️ Shu bilan birga, tashrif doirasida Bursada istiqomat qilayotgan vatandosh ayollarimiz bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish hamda faol vatandoshlarimizni e’tirof etish va rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan. ✅ Mazkur tashrif ilmiy-amaliy tajriba almashish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish va Bursadagi vatandoshlar bilan aloqalarini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. 🔎Bizni kuzatishda davom eting! Bundan-da katta yangiliklar hali oldinda! 🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Hashtags