@mehrlimaktab · Post #1579 · 19.04.2024 г., 14:54
#Xorijiy_hamkorlik #Finlyandiya ✅ Bugun Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi vakillari ishtirokida inklyuziv ta'limda hamkorlik yo'nalishida qator uchrashuv va tadbirlar boʻlib oʻtdi. ➖ Dastlab Toshkent shahridagi “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi faoliyatini koʻzdan kechirishdi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev xorijlik ekspertlarni maktabdagi shart-sharoitlar hamda taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishtirdi. ❗️ Maktabda alohida eʼtiborga muhtoj bolalarga hamda ularning ustozlariga ko'rsatilayotgan individual psixologik eʼtiborning yuqoriligi xorijlik ekspertlar tomonidan yuksak baholandi. ➖Uchrashuv yakunida Finlyandiyalik ekspertlar hamda mamlakatimizdagi soha mutaxassislari bilan gospital pedagogika va inklyuziv taʼlim yoʻnalishida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. ✔️ Kunning ikkinchi qismida “Yangi Oʻzbekiston” universitetida inklyuziv taʼlim joriy etilgan maktab direktorlari va boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun finlyandiyalik ekspertlar tomonidan Finlyandiyadagi inklyuziv taʼlim tizimi va uning yutuqlariga bagʻishlangan seminar tashkil etildi. 👉 Oʻzaro samimiy muloqot va savol-javoblar tarzda oʻtkazilgan tadbir davomida inklyuziv taʼlimni har tomonlama rivojlantirish borasidagi muhim jihatlar tilga olib oʻtildi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin
Hashtags