@AloqaVentures · Post #164 · 16.06.2023 г., 15:51
📈“AloqaVentures” venchur fondi portfelidan yana bir “FinTech” startap joy oldi ⚡️“Depozit.uz” – startap loyihasiga “AloqaVentures” venchur fondi $100 000 investitsiya kiritdi. 📲“Depozit.uz” – moliyaviy xizmatlar marketpleysi bo’lib, O’zbekistondagi barcha banklar, sug’urta kompaniyalari va nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy xizmatlarini o’zida birlashtiradi. 📝Depozit.uz marketplaysi moliyaviy xizmatlar foydalanuvchilariga quyidagi imkoniyatlarni beradi: - Moliyaviy xizmatlarni (kredit, depozit, karta, qimmatli qog’ozlar, valyuta kurslari, sug’urta va boshqalar) oson taqqoslash va tanlash imkoniyati; -Mijozning kreditga layoqatliligini qisqa vaqtda baholash va unga mos kredit mahsulotlarini taklif etish imkoniyati; -Banklar va nobank kredit tashkilotlariga kredit olish uchun onlayn ariza yuborish; -Bank xizmatlari sifati bo‘yicha reytinglar va izohlarni ko‘rish hamda bank-moliya sohasi mutaxassislariga savollarni jo‘natish. 📊“Depozit.uz” o’z marketpleysida moliyaviy mahsulotlar qatorini kengaytirish, foydalanuvchilar uchun qulay mobil ilovani yaratish, hamkorlar bazasini kengaytirish hamda mijozlar bazasini oshirishni maqsad qilgan. #investitsiya#startup#fintex 📷Instagram | 🔅Rasmiy sayt
Hashtags