@newuzbekistanuniversity · Post #4114 · 11.12.2025 г., 18:20
Higgsfield AI asoschisi “Yangi O’zbekiston” universitetida AI Talks turkumini boshlab berdi 🎙Higgsfield AI kompaniyasi rahbari Alex Mashrabov mehmonlar bilan o‘zining GenAI dunyosidagi yo‘l xaritasi, Higgsfield’ning 0 dan boshlab qanday shakllangani, texnologik murakkabliklar, jamoa qurish bosqichlari va kelajakdagi rivoj istiqbollari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. 💡 Tadbirning eng faol qismi— savol-javob sessiyasi bo‘ldi. Ishtirokchilar GenAI, AI mahsulotlarining global bozori, startap mentaliteti borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. 🔥 Ma’ruza “Yangi O’zbekiston” universiteti, ALPHA Education markazi va Stanbase hamkorligida tashkil etildi. Bu uchrashuv ko‘plab yoshlar uchun o‘z yo‘lini topish, o‘z g‘oyalarini startapga aylantirish va global miqyosda o‘ylashga kuchli turtki berdi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #GenAI#NewUzbekistanUniversity#HiggsfieldAI#AIInnovation ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook