@htoshgaz · Post #8136 · 26.01.2026 г., 14:20
#ijtimoiyfaol#birdamjamiyat “Hududgaztaʼminot” AJ ijro apparati, “Hududgaz Poytaxt” va “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiallarida faoliyat olib borayotgan bir guruh yosh xodimlar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida yosh mutaxassislarni qatagʻon qilingan prokuratura xodimlarining hayoti va faoliyatini yorituvchi noyob eksponatlar, shuningdek, prokuratura tizimi faoliyatiga oid tarixiy hujjatlar va arxiv materiallari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Oʻzbekiston prokuraturasi tarixi muzeyi”ga tashrif uyushtirildi. Muzeyda yosh xodimlarga mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida fidokorona xizmat qilgan prokuratura xodimlarining hayot yoʻli, ular qoldirgan boy tarixiy meros hamda tizimning shakllanish bosqichlari haqida atroflicha maʼlumot berildi. Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tashriflar yosh kadrlarda tarixga hurmat, kasbiy masʼuliyat va fidoyilik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️YouTube |📷Instagram |📱X |🌐hududgaz.uz
Hashtags