@bandlik_xorazm · Post #7927 · 15.09.2025 г., 08:29
1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 📍Galdagi manzil: Urganch shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazi. ✨ Forumni Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Z.Ollakuliyev ochib berdi. U yoshlarga ishonch va ezgu tilaklarini bildirib, forumni rasmiy tarzda ochiq deb e’lon qildi. 🇺🇿 Bandlik vaziri maslahatchisi U.Yo‘ldosheva esa yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlarni alohida ta’kidladi. Uchrashuvlar nafaqat fikr almashishga, balki do‘stona muhit yaratib, yoshlarning yanada hamjihat bo‘lishiga xizmat qilishi aytildi. 🙌 Forum ishtirokchilari Kasbiy ko‘nikmalar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘z hayotida foydali bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni oldilar. 💡Yoshlarning har bir fikri — kelajakka qo‘yilgan mustahkam qadam. 🇺🇿Birgalikda o‘saylik, birgalikda yarataylik! #Xorazm#Bandlik #KasbiyKo‘nikmalar #YoshlarUchrashuvi 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati Telegram |Instagram |Facebook |Web-sayt |Youtube |Vakansiya