@nihol_ngo · Post #1056 · 21.10.2024 г., 08:37
_ _ 16-17 oktyabr kunlari “O’zbekistonda gender tengligini targ’ib qilishda fuqarolik jamiyati rolini mustahkamlash va barqaror hamkorlikni rivojlantirish” loyihasi doirasida yakuniy baholash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ushbu loyiha NGO Center NIHOL va Equality Now tomonidan European Union in Uzbekistan moliyaviy ko’magi bilan amalga oshirilmoqda. Yig’ilishda fuqarolik jamiyati vakillari ayollar va qizlarga nisbatan jinsiy zo’ravonlikka qarshi kurashda erishilgan hayratlanarli natijalarni namoyish etdilar. NNOlarning norasmiy tarmog’i faoliyatining natijasida qonunchilik jarayonlari takomillashtirildi, davlat statistikasi yig’ish tizimi yaxshilandi va ayollar huquqlarini himoya qilish kuchaytirildi. Ushbu o’zgarishlar O’zbekistonda gender tengligini ilgari surishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu ishni davom ettirishimiz, hamkorligimizni mustahkamlashimiz va har bir ayol himoyalangan, tinglangan va hurmat qilingan jamiyatni birgalikda yaratishimiz zarur. #NGOs#cooperation
Hashtags