@qashqadaryoviloyatadliya · Post #36262 · 25.03.2026 г., 07:52
#qulaylik ☄️Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlaringizni kompozit tarzda ro'yxatdan o'tkazing! ✅ Yuridik shaxslar o'rtasidagi noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda taqdim etamiz: 1️⃣Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar; 2️⃣ Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi; 3️⃣ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi; 4️⃣ Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi. ✨Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz! 🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | ▶️YouTube | 🚀Bot
Hashtags