@HashtagUz · Post #14364 · 18.09.2025 г., 08:34
🇹🇷Turkiyaning eng yirik aerokosmik va texnologiya festivali boshlandi! 🛩️Teknofest 2025 bu yil 17–21 sentyabr kunlari Istanbuldagi Atatürk aeroportida bo‘lib o‘tadi. Festival birinchi bor 2018-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyodagi eng katta aviatsiya, kosmos va texnologiya tadbirlaridan biriga aylangan. 🤔Festivalda nimalar bo‘ladi? Texnologiya tanlovlari, hayratlanarli havo shoular, konsertlar va mashhur mutaxassislar bilan suhbatlar – bularning barchasi bir joyda! Bu yilgi Teknofestda 58 ta asosiy va 138 ta kichik yo‘nalish bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi. 🌍 Festivalning avvalgi bosqichi 2025-yil 1–4 may kunlari birinchi marotaba Shimoliy Kipr Turk Respublikasida o‘tkazilib, 225 mingdan ortiq tashrif buyuruvchini birlashtirdi. ℹ️ Bu festival Turkiyaning innovatsion davlatga aylanish yo‘lidagi qadamlari va yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish bo‘yicha eng yirik maydonlardan biridir. Istanbulga kelib, siz nafaqat tarixiy shahar go‘zalligini ko‘rasiz, balki kelajakni yaratadigan yangi g‘oyalar bilan ham tanishasiz. ➡️#teknofest | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags