@fidostudio · Post #118 · 02.05.2025 г., 10:52
Baku Salom! Ayni paytda Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan Baku Flames – International Festival of Creativity and Effectiveness festivalida ishtirok etyapmiz. Bu festival birinchi yil o‘tkazilmoqda va kreativlik hamda samaradorlikka bag‘ishlangan. Fido Studio nomidan ikkita loyiha bilan qatnashyapmiz: • Jahongashta — sayohat ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan raqamli jamoa platformasi. Bu yerda sayohatchilar bir-biri bilan tajriba almashadi va ilhom topadi. • Trastpay — yangi raqamli bank ilovasi bo‘lib, foydalanuvchilarga moliyaviy xizmatlardan qulay va zamonaviy tarzda foydalanish imkonini beradi. Bunday xalqaro maydonda loyihalarimizni namoyish etish biz uchun katta sharaf va yangi ilhom manbai! #BakuFlames#FidoStudio
Hashtags