Популярность имеет свои минусы. Чем популярней язык программирования, тем выше его распространённость, а значит найдутся те кто поспешит воспользоваться этим.
С ростом популярности Python всё больше на PyPi появляется вредоносных пакетов. Трояны, стиллеры и доставщики более опасных вредоносов.
Команда PyPi постоянно мониторит подобные случаи но и их возможности достигли предела. В результате сервис временно закрывает возможность заливки новых пакетов и регистрации юзеров.
PyPI new user and new project registrations temporarily suspended
Возможно одной из причин большого наплыва вредоносов является резко возросшая доступность их создания. Сегодня любой, даже не программист, может попросить у ChatGPT написать необходимый код и все инструкции для атаки.
Основной тип атаки - рассчёт на опечатку в названии пакета. Если невнимательный программист случайно установит pilow или djangoo, считай что вредонос уже в системе.
Чтобы избежать подобных факапов я рекомендую:
▫️ Всегда работайте в виртуальном окружении, неизвестные проекты устанавливайте внутри контейнеров.
▫️ Используйте файл requirements.txt вместо ручной установки пакетов
▫️ Очень внимательно пишите названия пакетов, а после написания проверьте еще раз. Сверьте с названием из документации.
▫️ После успешных тестов всегда фиксируйте версию пакета. Бывали случаи когда опасный код добавляли в новые версии. К тому же и без этой опасности не рекомендуется ставить по умолчанию последнюю версию.
▫️ Используйте вспомогательные инструменты для проверки безопасности, например https://pyup.io/safety или https://github.com/PyCQA/bandit. Они помогут не только найти опасный код в чужих пакетах, но и ваш код проверит на уязвимости.
Будем надеяться что PyPi переосмыслит методы борьбы с вредоносами, например внедрит ИИ для проверки как симметричный шаг.
#offtop
#taqdirlash
Bugun A.Avloniy nomidagi institutda Respublika umumtaʼlim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan“O‘qish savodxonlari” tanlovining g‘oliblarini taqdirlash tadbirini o‘tkazamiz.
✉️Telegram 📱Instagram
🗳Facebook
#Taqdirlash
💎Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Kelajak soati” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan chorlov e’lon qilingan edi. Mazkur tadbirda viloyatimizning pedagog xodimlari va mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.
📊Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tomonidan chorlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan:
✔️Oltiariq tumani 20-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Dildoraxon Tursunova,
➡️Farg‘ona shahar 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbari Feruzaxon Yakubova
hamda
📍Qo‘qon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining diplomlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
🔰Ta’kidlash joizki, mazkur tashabbus yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
#taqdirlash
“Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PF-144-son Farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan “Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi” ko‘krak nishoni ta'sis etilgan.
🗓 Bugun, 17-oktyabr kuni Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda mazkur mukofot soha fidoyilariga topshirildi.
Tadbirda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev so‘zga chiqib, mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ilmiy izlanishlar va amaliy ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi hamda mukofot sohiblarini samimiy tabrikladi.
📌Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘krak nishoni seysmik xavfsizlik sohasini rivojlantirish, ilmiy faoliyatni takomillashtirish va amaliyotda qo‘llash borasida munosib hissa qo‘shgan mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida beriladi.
🏅Taqdirlanganlarni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
#Taqdirlash
⚡️Bayram arafasida “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonlari topshirildi
Bugun, madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Farg'ona viloyatida bo'ldi.
Mazkur bayram munosabati bilan bugun bir guruh fidoyilar mukofotlandi.
Vazirning birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari davomida Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamda Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri bosh rejissyori Xo'jamberdi Egamberdiyevlarga Madaniyat vazirligining “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini topshirdi.
"Bugun, Farg'ona viloyatidagi xizmat safarim davomida ko'krak nishonlarini o'z egalariga topshirdim"
- deya o'z sahifasida ma'lum qildiBahodir Ahmedov.
🔹15-aprel — "O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni" barcha soha vakillariga muborak bo'lsin!
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
#Taqdirlash
⚡️ Bugun, 28-yanvar kuni “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
✅ Bizni kuzatib boring, tadbir tafsilotlari haqida xabardor etib boramiz…
Telegram | Instagram | Facebook| Veb-sayt | YouTube
#Taqdirlash
EʼTIROF VA MUKOFOT
⚡️Farg‘ona shahar 4-bolalar musiqa va san’at maktabi
“An’anaviy va estrada ijrochiligi, akademik xonandalik” bo‘limi
“Doira” sinfi o‘qituvchisi hamda jo‘rnavozi — Rustamov Ismoiljon Dehqonovich O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 9-dekabrdagi 569-sonli buyrug‘iga asosan “Madaniyat va san’at fidokori” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
⭐️ Ushbu yuksak e’tirof ustozning ko‘p yillik samarali mehnati, san’atga bo‘lgan sadoqati va yosh avlod tarbiyasidagi munosib hissasining yorqin natijasidir.
🎉 Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasi nomidan Ismoiljon Dehqonovichni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ijodiy faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
#Taqdirlash
⚡️ Prezidentning tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor, marhum Murod Rajabov"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.
U o‘zining iste’dodi bilan nafaqat komedik, balki dramatik rollarda ham o‘z ijodiy izini qoldirgan buyuk aktyorlardan biridir. “Ajoyib xayolparast”, “Temir xotin”, “Amir Temur”, “Kichkina tabib”, “Ulfatlar”, “Sarvinoz” kabi filmlardagi ajoyib rollari bilan xalqimiz ko‘nglidan chuqur joy egalladi.
Shuningdek, Murod Rajabov 1984-yilda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni, 1996-yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Telegram | Instagram | Facebook |Veb-sayt | YouTube
#Taqdirlash
⚡️Bir guruh madaniyat sohasi vakillari “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Bugun, Toshkent shahar 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 15-aprel “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbirlari bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida vazirning birinchi o'rinbosari AvazxonTadjixanov ishtirok etib, madaniyat sohasidagi ta'lim yo'nalishi, teatr va kino yo'nalishida faoliyat olib borayotgan soha vakillarini bayram bilan muborakbod etdi. So'ng, 50 nafardan ziyod san’atkorlarga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini topshirdi.
Telegram | Instagram | Facebook| Veb-sayt | YouTube
#taqdirlash
🏛 Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti "Talabalar asotsatsiyasi" aʼzolariga ishonchnomalar topshirildi!
🎯 Tadbir davomida Talabalar asotsatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Typing competition" musobaqasi g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi!
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube
✅
#Taqdirlash
🇺🇿Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
📱Telegram | 📱Instagram
#Taqdirlash
⚡️Prezidentning tegishli farmoni bilan "Diydor" yoshlar eksperimental teatr-studiyasi artisti IrodaKosimova "Kelajak bunyodkori" medali bilantaqdirlandi.
IrodaKosimova ijodiy faoliyati davomida P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” spektaklida Oysha begim, U.Gadjibekovning “Arshin mal-alan” spektaklida Gulchehra, V.Abdurazoqovning “Kapalak tushi” spektaklida Kanizak, M.Frishning “O‘t qo‘yuvchilar” spektaklida Anora, B.Yuldashevning “Zebiniso” spektaklida Zebiniso, “Masxarabozlar ishi” spektaklida Maysara rollarini a’lo darajada ijro etgan. U o‘z kasbining mohir ustasi. U teatr-studiyada ta’lim olayotgan talabalarga o‘z mahorat sirlarini bo‘lishib kelmoqda.
IrodaKosimova yuksak salohiyatli ijodkorligi, mehnat sevarligi, o‘z ishining mohir ustasi ekanligi, o‘zbek teatr san’atining ulug‘ namoyandalaridan biri sifatida teatr ijodkorlari va keng jamoatchilik orasida katta hurmat va ehtirom qozonib kelmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook| Veb-sayt | YouTube
#Taqdirlash
⚡️ Prezidentning tegishli farmoni bilan taniqli teatr va kino aktrisasi Yulduz Rajabova "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.
Yulduz Rajabova tarixiy shaxslar, zamonamiz qahramonlari obrazlarini yaratish, xalqimiz, ayniqsa yoshlar qalbida milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni yanada kuchaytirish teatr san’atining rolini yanada oshirish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirib kelayotgan yosh aktyorlardan biridir. U hozirgi kunga qadar 30dan ortiq badiiy-to‘liq metrajli filmlarda, serial va videofilmlarda suratga tushgan. Shuningdek, Yulduz Rajabova teatr sohasida sahnalashtirilgan ko‘plab spektakllarda turli janrlardagi obrazlarni yaratish orqali o‘z iste’dodini namoyon etib kelmoqda. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” spektaklida Xonzodabegim, rejissyor Ya.To‘ychiyevning “Monolog” spektaklida Halima, U.Shekispirning “Qiyiq qizning quyilishi” spektaklida (Turob To‘la tarjimasi) Byanka, Uzeyr Gadjibekovning “Arshin mololan” spektaklida Telli rollarini yuqori saviyada ijro etib tomoshabinlar e’tiborini qozonib kelmoqda.
Yulduz Rajabova 2021-yilda “Shuhrat" medali bilan mukofotlangan.
Telegram | Instagram | Facebook |Veb-sayt | YouTube