@dasturlash_hayoti · Post #3949 · 29.08.2025 г., 11:12
#git#commit#dasturlash_hayoti 🤓Git bilan ishlashda hayotiy hiyla Ko‘p dasturchilar git commit -m "..." yozadi va xatolarga yo‘l qo‘yadi. Ammo agar commitni tushunarli yozmasangiz, keyin o‘zingiz ham chalkashib ketasiz 😅 ✅ Oddiy qoida: commit xabarlari nimani o‘zgartirgansiz — shuni qisqa yozishi kerak. Masalan: ◾️"fix: login page error" ◾️"add: user profile photo upload" ◾️"update: README.md with installation guide" ✅Bonus: Agar siz commitlarda konvensiya ishlatsangiz (masalan feat, fix, update), jamoada hamma uchun ancha qulay bo‘ladi. ✅Yaxshi commit xabarlari: ◾️ loyihani tartibli qiladi ◾️ xatolarni tez topishga yordam beradi ◾️ pro dasturchiga o‘xshatadi 😉 ❓ Siz commit yozganda odatda nimalar deb yozasiz? “final-final” commitmi yoki aniq nomlar bilan yozasizmi? 😅 💻@dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅
Hashtags