Удобный сервис для генерации команд ffmpeg.
➡️https://alfg.dev/ffmpeg-commander/
Отлично подходит для изучения ffmpeg и для быстрых набросков команды.
А так же, на заметку, python-обертка
#tools#libs
#seminar
Hokim yordamchilari uchun o‘quv-amaliy seminarlar boshlandi
Bugun Ohangaron shahrida mahallalarda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o’tkazildi. Unda Angren, Ohangaron, Olmaliq shaharlari va Ohangaron tumani rahbarlari, bandlik bo‘limi boshliqlari hamda barcha mahallalar hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Seminarda imtiyozli kreditlar, subsidiya va grantlar ajratish tartibi, bo‘sh ob’yektlardan samarali foydalanish, energiya tejamkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “ijobiy tajribalar”, 2026-yil uchun rejalar hamda “Olmazor tajribasi” asosida loyiha guruhlari faoliyati muhokama qilindi.
Ma’lumot o’rnida, mazkur seminar respublika ishchi guruhi tomonidan tashkil etilgan.
✅Telegram
🌐Website
📹YouTube
✅Facebook
🕊Twitter
🌐Instagram
#seminar
💎Marg‘ilon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida nemis tili o‘qituvchilari uchun viloyat miqyosidagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
♻️ Unda umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilari hamda soha mas’ullari ishtirok etdi.
❇️Seminar davomida chet tillarini o‘qitishda zamonaviy interfaol metodlardan foydalanish, o‘qituvchilarning uslubiy mahoratini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔰Tadbir amaliy treninglar va uslubiy tavsiyalar bilan boyitildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.
#seminar
⚡️2025-yil 9-10-sentabr kunlari Buxoro viloyatida Turizm qoʻmitasi, Respublika oshpazlar uyushmasi, Buxoro viloyati hokimligi va turizm boshqarmasi bilan hamkorlikda soha mutaxassislarni jalb qilgan holda umumiy ovqatlanish shoxobchalari mutaxassislari malakasini oshirish hamda ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan seminarlar tashkil etiladi.
Seminarlar respublika oshpazlar uyushmasining oliy toifali mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
😇Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkor va menedjerlarni mazkur ikki kunlik seminarga taklif qilamiz!
📍Manzil: Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi
🕰O'tkazilish vaqti: 2025-yil 9-sentabr 11:00 hamda 10-sentabr 10:00da
☎️Murojaat uchun tel: (97) 080-01-80
Telegram | Facebook | Instagram
#seminar
⚡️2025-yil 9-10-sentabr kunlari Buxoro viloyatida Turizm qoʻmitasi, Respublika oshpazlar uyushmasi, Buxoro viloyati hokimligi va turizm boshqarmasi bilan hamkorlikda soha mutaxassislarni jalb qilgan holda umumiy ovqatlanish shoxobchalari mutaxassislari malakasini oshirish hamda ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan seminarlar tashkil etiladi.
Seminarlar respublika oshpazlar uyushmasining oliy toifali mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
😇Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkor va menedjerlarni mazkur ikki kunlik seminarga taklif qilamiz!
☎️Murojaat uchun tel: (97) 080-01-80
Telegram | Facebook | Instagram
#seminar-trening
Zoologiya institutida xalqaro seminar-trening o‘tkazildi
O‘zR FA Zoologiya institutida Porto universiteti ornitolog mutaxassislari hamkorligida “Qushlar va elektr uzatish tarmoqlari: O‘zbekiston sharoitida muammolar va yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda elektr uzatish tarmoqlarining qushlar populyatsiyasiga salbiy ta’siri, qushlarning elektr liniyalariga to‘qnashuvi va elektr toki ta’sirida nobud bo‘lishi bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida xavflarni kamaytirish choralari va amaliy yechimlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, seminar doirasida O‘zbekiston sharoitida, jumladan, yo‘rg‘a tuvaloq va boshqa yirik dasht qushlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq hududiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.
Seminar-trening qushlarni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda bu boradagi xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.
Bizni kuzatib boring
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
#seminar
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
Mavzu: “Davlat ilmiy dasturlari doirasida taqdim etilgan
loyiha talabnomalari hamda moliyalashtirilgan
loyihalarning oraliq / yakuniy hisobotini ko‘rib chiqish
jarayonlarida ilmiy ekspertlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risida.”
📆Sana: 01.04.2026
⏰Vaqti: 11:00-12:00
🗣Seminar YouTube'dagi sahifamiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.
Havola:https://www.youtube.com/@innovation.gov-uz
♻️ E’lonni do‘stlaringiz va hamkasblaringiz bilan bo‘lishing!
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
#seminar-trening
Fanlar akademiyasida milliy malaka tizimini takomillashtirishga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi
Fanlar akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ-345-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini muddatida va sifatli taʼminlashga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi.
Seminar-treningda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti rahbariyati, shuningdek, Fanlar akademiyasi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlarining masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilarga quyidagi masalalar boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi:
✔️ qarorning mazmun-mohiyati va uning strategik ahamiyati;
✔️ milliy malaka tizimining asosiy tamoyillari va uni joriy etish mexanizmlari;
✔️ kasbiy standartlarni ishlab chiqish bosqichlari va talablari;
✔️ ilmiy tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda ularni amalga oshirish muddatlari.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan kasbiy standartlarni tayyorlashda xalqaro tajriba, mehnat bozori ehtiyojlari va sohaviy kompetensiyalarni hisobga olish zarurligi taʼkidlandi. Ishtirokchilarga metodik qoʻllanmalar va amaliy tavsiyalar ham taqdim etildi.
Seminar yakunida masʼul tashkilotlar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek, ishlab chiqilayotgan standartlarning amaliyotga joriy etilishini taʼminlash boʻyicha kelishib olindi.
Ushbu tadbir milliy malaka tizimini rivojlantirishda muhim qadam boʻlib, ilmiy va amaliy sohalar oʻrtasidagi integratsiyani mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
#Seminar
"Mehnatni muhofaza qilish haftaligi" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
💎Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi хodimlarini malakasini oshirish markazida "Ish joylarida xavflarni minimallashtirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish" mavzusida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
✍️ Unda soha mutaxassislari va xalqaro ekspertlar mavzu yuzasidan o‘z taqdimot va ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida mehnat muhofazasi bo‘yicha milliy va xalqaro tajribalar o‘rganildi.
Sayt | Telegram| Facebook | Instagram| Youtube
#seminar
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda soliq islohotlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
2026-yil 18-fevral kuni "MISIS" milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialida "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJning iqtisodiy yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xodimlari uchun ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Budjet–soliq siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Seminar Soliq qo‘mitasi hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi mutaxassislari, shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida 2026-yil 1-yanvardan kuchga kirgan soliq va budjet siyosatidagi yangiliklar batafsil sharhlanib, ularni amaliyotda qo‘llash mexanizmlari tushuntirildi. Jumladan:
🔹foyda solig‘ini to‘g‘ri hisoblash amaliyoti;
🔹QQS va aksiz soliqlari bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarish tartibi;
🔹 jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdagi imtiyozlar;
🔹resurs soliqlarini hisoblashdagi o‘ziga xos jihatlar;
🔹 korxona rentabelligini oshirish va moliyaviy samaradorlikni tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi hamda qonunchilik normalarini bir xilda qo‘llash yuzasidan amaliy tavsiyalar bildirildi.
Bunday uchrashuvlar yirik soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiy jarayonlarning shaffofligini ta’minlash va professional salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.
Тelegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads
#seminar
Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimi joriy qilinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi hamda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamkorlikda “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining dolzarb ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazdi.
👉 BATAFSIL
Veb-sayt|Telegram|Facebook | YouTube|Instagram|X|ParlamentTV_RADIO
#seminar
Soliqlar haqida — sodda va tushunarli: seminar ishtirokchilari yangiliklar bo‘yicha videoroliklar tayyorladilar
Hududiy soliq organlari matbuot xizmatlari xodimlari uchun tashkil etilgan seminarning ikkinchi yarmida soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan qisqa videoroliklar(Reels)tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Unda ishtirokchilar o‘quvning birinchi kunida egallagan mobilografiya ko‘nikmalarini — mobil qurilmada suratga olish hamda murakkab ma’lumotlarni sodda va tushunarli formatga moslashtirish usullarini amalda qo‘lladilar.
Amaliy topshiriq doirasida xodimlar tomonidan soliq sohasidagi yangiliklarni keng jamoatchilikka sodda va ko‘rgazmali tarzda tushuntirishga qaratilgan kreativ va axborotbop videomateriallar tayyorlandi.
Yakunlarga ko‘ra quyidagi matbuot xizmatlarining ishlari eng yaxshi deb topildi:
— Samarqand viloyati soliq boshqarmasi;
— Qoraqalpog‘istonRespublikasi soliq boshqarmasi;
— Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi.
Qolgan ishtirokchilar ham faol ishtiroki va tashabbuskorligi uchun rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bunday amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar zamonaviy kommunikatsiya formatlarini joriy etish, axborot-tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish hamda aholi o‘rtasida soliq madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Тelegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads
#seminar
Yuksak kasbiy mahorat, muhim tashabbus va yangicha yondashuvlarning shakllanishi
Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan “PRdagi zamonaviy tendensiyalar” mavzusida katta seminarning birinchi ish kuni yakunlandi. U viloyat soliq boshqarmalari Matbuot kotiblariga nima bera oldi?
Nazarimizda oʻquv seminari viloyat soliq boshqarmalari Matbuot kotiblariga shunchaki PR vositalarini emas, masʼuliyat hissini eslatdi: axborot — bu oddiy xabar emas, ishonch. PR esa reklama emas, muloqot ekanini anglatdi.
Zamonaviy tendensiyalar degani yangi platforma yoki trend emas, balki insonni tinglash, uning xavotiri va umidini his qilish qobiliyati ekanini koʻrsatdi.
Тelegram |Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads