@kunuzai · Post #219 · 28.02.2025 г., 02:35
🎨GPT-4.5: yanada aqlli, aniq va tabiiy AI modeli chiqdi! 💡 Yangi imkoniyatlar 🔹Kamroq xatolik – Modelning aniqligi 78% ga oshdi (GPT-4o'da bu bor-yo‘g‘i 28% edi). Xatolik darajasi esa 19% gacha tushdi. Bu degani, endi GPT-4.5 yanada ishonchli va aniq javoblar bera oladi. 🔹Emotsional intellekt – GPT-4.5 foydalanuvchi so‘rovlarining konteksti va ohangini yaxshiroq tushunadi. U do‘stona maslahat berishdan tortib, professional ko‘makka qadar moslashuvchan javob bera oladi. Natijada AI bilan muloqot yanada tabiiy va tushunarli bo‘ldi. 🤔OpenAI’ning nomlash strategiyasi tushunarsiz Agar GPT versiyalarining nomlanishiga qarasak, oddiy foydalanuvchi uchun chalkashlik ko‘paygan. OpenAI o‘z modeli ustida jiddiy ishlaydi, lekin nomlash masalasida foydalanuvchilarni unchalik o‘ylamaydigandek. Axir qanday tushunsa bo‘ladi? 4o, o1, 03-mini-high, GPT-4… Qaysi biri yangi, qaysi biri kuchliroq, qaysi biri eski? #GPT4_5#SuniyIntellekt#OpenAI#AIYangiliklari