@teachforuzbekistan · Post #200 · 10.04.2025 г., 16:27
#TeachForUzbekistan#AmityUniversity 🔆 Teach for Uzbekistan jamoasi “Amity University in Tashkent”da! 🤝 Bugun tashkilotimiz jamoasi bilan “Amity University in Tashkent”da bo‘lib, faol va bilimga chanqoq yoshlar bilan uchrashdik. Uchrashuv davomida ko‘plab talabalar bilan muloqot qilinib, ularga Teach For Uzbekistan dasturi, uning maqsadi va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 🎓 Talabalarning ta’lim sohasiga bo‘lgan qiziqishi, jamiyatda ijobiy o‘zgarish qilish istagi va o‘z kelajagini O‘zbekistondagi ta’lim bilan bog‘lashga tayyorligi bizni ilhomlantirdi. Shunday iqtidorli va mas’uliyatli yoshlarga duch kelganimizdan xursandmiz. Dasturimiz doirasida ular bilan yana uchrashamiz! Teach For Uzbekistan axborot xizmati 🌐Rasmiy sahifa Telegram| Linkedln|Instagram |Youtube