@ao_uzbekneftegaz · Post #9644 · 09.09.2025 г., 07:01
#An’analar Qadriyatlar go‘zalligi liboslarda namoyon “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimida “Milliy liboslarimiz va qadriyatlarimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlov “Gissarneftgaz” qo‘shma korxonasida ham qizg‘in tarzda o‘tdi. 15 apreldan 31 avgustga qadar davom etgan tanlovda xodimlar milliy urf-odat va an’analarimizga bo‘lgan hurmatini liboslar orqali namoyon etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi — milliy merosni asrab-avaylash, jamoa ongiga milliy liboslar iftixorini singdirish hamda qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat. Fototanlovning yakuniy bosqichida aniqlangan g‘oliblar taqdirlandi. Bunday tadbirlar nafaqat milliy merosimizni targ‘ib etadi, balki ishchi-xodimlarning ma’naviy dunyosini boyitish, jamoada ijobiy muhitni kuchaytirishga ham xizmat qiladi. 👇Bizni kuzating: 🌐web-sayt | 📷instagram | 👉telegram | ▶️youtube | 💬facebook
Hashtags