@handicraftman · Post #55384 · 19.03.2026 г., 02:53
#Andijon ⚡️Navro‘z bayrami – yangilanish, mehr-oqibat va birdamlikni o‘zida mujassam etgan, xalqimiz hayotida muhim o‘rin tutadigan qutlug‘ ayyom hisoblanadi. 📌Yurtimizda keng nishonlanadigan ushbu bayram munosabati bilan, Andijon viloyati Bobur shahrida ham “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” g‘oyasi asosida bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish ishlari olib borilmoqda. 📊Shaharda o‘tkaziladigan Navro‘z shodiyonalari doirasida: – milliy an’ana va qadriyatlarimiz namoyon etiladi – hunarmandlarimiz o‘z mahoratini namoyish qiladi – turli madaniy-ma’naviy tadbirlar tashkil etiladi 📊Shuningdek, bayram tadbirlarida ishtirok etish uchun Turkiya Respublikasining Hatay viloyatidan 170 nafarga yaqin mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Mazkur tashrif xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 📊Barchangizni ushbu qutlug‘ bayramni munosib qarshi olish va keng nishonlashga chorlaymiz. ✅Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
Hashtags