@handicraftman · Post #56028 · 15.04.2026 г., 06:36
#BugunTugilganKun ⚡️O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Xiva shahar bo‘limi a’zosi, yog‘och o‘ymakor usta Matkarimov Bahodir Razzokberganovich milliy amaliy san’atimizning munosib vakillaridan biridir. 📌U 2016-yildan buyon uyushma a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2-avlod hunarmandi bo‘lgan usta hunar sirlarini otasi Matkarimov Razzokbergandan o‘rganib, mustaqil ijodiy faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. 🌍Hunarmand o‘z ishlarida gujum, sasna, qayrag‘och, chinor, yong‘oq va ko‘k terak yog‘ochlaridan foydalanib, hon-taxta, lagan va turli suvenirbop mahsulotlarni nafis o‘ymakorlik uslubida yaratib kelmoqda. Uning asarlarida o‘ziga xos uslub, nozik naqshlar va takrorlanmas bezaklar uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ladi. 📊Shuningdek, u “usta-shogird” an’analarini davom ettirib, yosh avlodga hunar o‘rgatib kelmoqda hamda respublika va xalqaro ko‘rgazma va festivallarning faol ishtirokchisidir. 👍 O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rahbariyati va jamoasi nomidan Matkarimov Bahodir Razzokberganovichni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! 📊Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy farovonlik hamda ijodiy faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🌟Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
Hashtags