@HashtagUz · Post #13526 · 25.12.2024 г., 08:34
🇮🇷 Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqarildi 😎📱Eron hukumatining so‘nggi qaroriga ko‘ra, WhatsApp messenjeri va Google Play do‘koni endilikda erkin faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Bu qaror Axborot xavfsizligi bo‘yicha Oliy kengash majlisida aksariyat ovoz bilan ma’qullandi. 🚫 Ushbu xizmatlar 2022-yil sentabrida 22 yoshli Mahsa Amini vafoti sabab yuzaga kelgan noroziliklar davrida bloklangan edi. Amini politsiya tomonidan noto‘g‘ri ro‘mol (hijob) o‘raganlikda ayblanib ushlab ketilgan, shundan so‘ng uning sog‘lig‘i yomonlashgan va u 2 kun ichida shifoxonada vafot etgan. ⚖️ Endilikda WhatsApp va Google Play foydalanuvchilari qayta xizmatdan bemalol foydalanishlari mumkin. Biroq, Instagram (Meta’ga tegishli) blokdan chiqarilgan-chiqarilmagani haqida ma’lumot hozircha yo‘q. ➡️#eron | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags