@handicraftman · Post #55744 · 02.04.2026 г., 08:07
#Farg‘ona 🇺🇿Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Rashidjon Aminov ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. 📊Uchrashuv davomida hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi buyumlarni yaratish hamda ularni zamonaviy bozor talablariga mos rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kichik biznesni rivojlantirish va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida muhim tavsiyalar berildi. 📊Bahmal va atlas matolarining o‘ziga xosligi, ularning ichki va tashqi bozordagi o‘rni, hunarmandlar erishayotgan yutuqlar alohida ta’kidlandi. 📊Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusida hunarmandchilik va tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritish uchun foydali bilim va tavsiyalarga ega bo‘lishdi. ✅Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
Hashtags