@toshkentvxtb · Post #84917 · 14.03.2026 г., 08:39
#FAXR ⭐️O‘rta Chirchiqlik o‘quvchilar respublika tanlovida faxrli 2-o‘rin sohibiga aylandi ✍️O‘rta Chirchiq tumanidagi 72-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilaridan tashkil topgan “Eco Leaders” jamoasi “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida faol ishtirok etib, yuksak natijani qo‘lga kiritdi. 🔵Joriy yilning 12–14 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur nufuzli tanlovda mamlakatimizning 14 ta hududidan saralangan g‘olib jamoalar o‘zaro bilim va mahoratlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lgan tanlov yakunida O‘rta Chirchiq tumani 72-maktabining “Eco Leaders” jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 🤩Tanlov natijalariga ko‘ra jamoa 12 million so‘m pul mukofoti, faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq maktab jamoasi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ekologik bilimlarni targ‘ib qilish, tabiatni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan samarali ishlarining yana bir yorqin natijasi bo‘ldi. ⭐G‘olib jamoa a’zolarini ushbu munosib yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusida ham ularga yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Hashtags