@alxorazmiyuni · Post #18 · 10.07.2025 г., 14:21
Al-Xorazmiy universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi ⚡️Al-Xorazmiy universiteti talabalarga 4 yillik 100% va 1 yillik tabaqalashtirilgan grantlarni taklif etadi. ✅ Quyidagi talabgorlar 4 yil davomida100% davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin: 🔹nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari; 🔹“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari; 🔹Prezident maktablari bitiruvchilari; 🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlari. ✅ Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar kirish imtihonidan yuqori ball asosida qabul qilingan talabalarga quyidagi tartibda beriladi: 🔸Top 10% talabalarga 100% grant 🔸Keyingi 10% talabalarga 70% grant 🔸Keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi. ❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda o'qiyotganida saqlanib qolishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin. 💥Qabul davom etmoqda. O'qishga ariza topshirish:https://admission.newuu.uz/auth/university 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #grantlar#qabul 👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot