@jastm1 · Post #4909 · 29.12.2024 г., 16:00
⭐️#Healing series Day IDK (sorry I forgot about these) 🍵Muammolarga bo'lgan fikringizni o'zgartiring! Hayotingizda uchraydigan har qanday qiyinchilik yoki muammo haqida boshqacha o‘ylang. Computer Scientist sifatida men har qanday narsani hal qilib bo‘lishiga ishonishga MAJBURMAN. Agar hal qilib bo‘lmasa, bu mening muammom emas va unga e'tibor bermasligim kerak. Qo‘rqmang, yig‘lamang yoki stressga tushmang. Tinchlaning va bu muammoni hal qilish uchun nima qilishingiz mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Muammoni strategik va mantiqiy yondashuv bilan hal qiling. Kerak bo‘lganda yordam so‘rang. Esda tuting, Queen never cry. Agar muammo yechimi yo‘q bo‘lsa va siz hech narsa qila olmasangiz, vaziyatni o‘zgartira olmasligingizni tushunib, tinchlaning. Vaziyatga moslashishga harakat qiling. Axir qancha yig‘lamang, ob-havoni o‘zgartira olmaysiz, to‘g‘rimi? ~ 🎀~ ↬@jastm1🌊
Hashtags