@senat_markazi · Post #638 · 20.07.2024 г., 04:51
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq, Piskent tumanlarida bo‘ldik. Tashrifimiz davomida tumanlardagi ishlab chiqarish korxonalari, oilaviy tadbirkorlik faoliyati, Sayhunobod tajribasi asosida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdik. Aholi bandligini ta'minlash maqsadida tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha hokimiyat-mahalla-bank o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tizimi yuzasidan tushunchalar berildi. Viloyatda xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, ularni ish bilan ta'minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish masalalari tanqidiy muhokama qilindi. Mutasaddilarga aniq muddatli vazifalar belgilandi. Mahallalarga, xonadonlarga tashrifimiz chog‘ida mehnatkash yurtdoshlarimiz bilan samimiy suhbatlashdik. #hududlar @tanzilanarbaeva
Hashtags