@newuzbekistanuniversity · Post #2485 · 29.11.2023 г., 16:28
Ta’lim sifatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator masalalar muhokama etildi Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, "Yangi O'zbekiston" universiteti hamda vazirlik tizimidagi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. ❗️Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, soha mas’ullari, olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi. Konferensiyada ta’lim mazmunini takomillashtirish masalalari, muammo va yechimlar, ilg‘or xorijiy tajribalar, samarali metod usullari, o‘qituvchi va ota-onalar hamkorligining huquqiy asoslari atroflicha muhokama qilindi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #konferensiya#islohotlar ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags