@Kompyuter_Akademiyasi · Post #7244 · 14.09.2025 г., 14:15
📶 "Подключено, без доступа к интернету" — nega shunday bo‘lishi mumkin? #muammo / #internet ⚠️Agar sizning qurilmangiz Wi-Fi tarmog‘iga ulangan, lekin internetga kira olmasa, sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin: • Provayder tomonda muammo – Kabel uzilgan, texnik xizmat ishlari ketmoqda yoki siz to‘lovni o‘z vaqtida bajarmagansiz. • Limitlar yoki toʻlovlarda cheklovlar – Trafik limiti tugagan, provayder sizning sessiyangizni bloklagan bo‘lishi mumkin. • Routerda yoki yo‘riqchida texnik nosozliklar – Qurilma ishlamay qolyapti, kabel noto‘g‘ri ulangan, WAN-portda muammo. • Noto‘g‘ri tarmoq sozlamalari – IP yoki DNS avtomatik sozlanmagan, DHCP xizmati ishlamayapti. • Qurilmada yoki routerdagi nosozliklar – Wifi-drayver eskirgan, routerdagi kanallar to‘lib ketgan, signal zaif. ✅ Yechimlar: • Router va qurilmani qayta yoqish🔄 – Ko‘pincha oddiy restart muammoni hal qiladi. • Kabel va WAN portini tekshirish🔌 – Kabel uzilmaganmi, bo‘shab qolmaganmi? • Tarmoq sozlamalari⚙️ – IP va DNS avtomatik olish rejimiga qo‘yilganmi? • Boshqa qurilmada tekshirib ko‘rish📱💻 – Agar faqat bitta qurilmada ishlamasa, muammo shu qurilmaning sozlamalarida. • Provayder holati📞 – To‘lovni o‘z vaqtida qilganmisiz, texnik ishlar bormi? ©️Manba va muallif @kompyuter_akademiyasi