@handicraftman · Post #55721 · 01.04.2026 г., 10:11
#Namangan ⚡️Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand”uyushmasi Namangan viloyat boshqarmasi faoliyati atroflicha o‘rganildi. 📌O‘rganish davomida boshqarma boshlig‘i Z. Valiyev tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar — hunarmandchilikni rivojlantirish, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, milliy an’analarni asrash va targ‘ib qilish borasida batafsil hisobot taqdim etildi. 📊Shuningdek, 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, rejalashtirilgan loyihalar va tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi. 💬 Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan: — sohani yanada rivojlantirish — qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish — mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga chiqarish — yoshlarni hunarmandchilikka jalb etish — turizm bilan integratsiyani kuchaytirish 📊bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi. ✅Faсebook|✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
Hashtags