@uzsuvandijon · Post #18932 · 09.04.2026 г., 06:02
#Payshanba - Yoshlar kuni! Bugun "Andijon suv ta'minoti" AJning Jalaquduq tumanidagi filiali rahbari Qahramonjon Turg‘unov yoshlar bilan uchrashdi. Dastlab tumandagi 2-umumta'lim maktabida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan filьm namoyish etildi. Ta'lim muassasasida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, ular bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Shundan so‘ng "Bo‘ston" va "Yangi sor" mahallalarida istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlarning bandligi ta'minlashga doir sa'y-harakatlar amalga oshirildi. Ayni paytga qadar bir nafar yosh doimiy ish joyiga ega bo‘ldi. Ayni paytda yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar davom etmoqda. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati |Website| 🗝Cabinet |🤖Bot|😄Telegram | 💬Facebook| 🌐Instagram | 📹YouTube | 🕊X |💬Chat | ✅TikTok
Hashtags