@toshkentvxtb · Post #87224 · 17.04.2026 г., 13:55
#Sayohat KELAJAKNING MA’NAVIY TAMAL TOSHI: YOSHLAR MUZEYLAR OLAMIDA Toshkent viloyati prokurori Azamat Mirzayev tashabbusi bilan Toshkent tumanining yuzdan ziyod o‘g‘il-qizlari uchun unutilmas ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Tuman prokurori v.v.b. Murodjon Shukrullayev boshchiligida yo‘lga chiqqan yosh avlod vakillari nafaqat poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini ko‘rishdi, balki millat tarixi va qonun ustuvorligining muqaddas dargohlariga qadam qo‘yishdi. Bu sayohat shunchaki sayr emas, balki yosh qalblarda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otgan ma’naviy yurish bo‘ldi. Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ylab qilingan sayohat o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Muhtasham binoning har bir naqshida muhrlangan buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi, allomalarimiz qoldirgan boy xazina yoshlar ko‘zida hayrat va iftixor uyg‘otdi. Tarixning zarrin sahifalari bilan yuzma-yuz kelgan yoshlar o‘zlarini ulug‘ ajdodlarning vorislari sifatida his qilib, ilm-fanga bo‘lgan ishtiyoqlari yana bir karra ortganini e’tirof etishdi. Bosh prokuratura muzeyiga tashrif esa tadbirning eng muhim nuqtalaridan biri bo‘ldi. Bu yerda o‘quvchilar qonun ustuvorligi, adolat tamoyillari va prokuratura tizimining shakllanish tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Adolat posbonlarining faoliyati haqidagi qiziqarli ma’lumotlar yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirishga xizmat qildi. Ko‘pchilik yoshlarning ko‘zida aynan shu yerda kelajakda adolat yo‘lida xizmat qilish, yurt tinchligi va qonun himoyachisi bo‘lishdek ezgu maqsadlar shakllandi. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash va ularning dunyoqarashini kengaytirishdan iboratdir. Bugungi sayohatdan olingan bir olam taassurotlar o‘quvchilar xotirasida bir umr muhrlanib qoladi. Zero, o‘z tarixini bilgan, adolat va ilmning qadriga yetgan yoshlargina ertangi kunimizning ishonchli tayanchi bo‘la oladilar. 📸Jarayon fotolavhalarda. ✅Telegram💬Facebook📸Instagram📹YouTube🌍Website
Hashtags