@markazda_yoshlar · Post #38021 · 30.01.2026 г., 07:04
#talaba 🗣Ayrim toifadagi talabalarning turar joy xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi Ayrim toifadagi davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining turar joy bilan bog‘liq yashash xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplab berish quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi. ☑️1-bosqich: Ariza beruvchi talaba (ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zosi bo‘lishi shart) – o‘quv yili uchun turar joy to‘lovining summasini davlat byudjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) nomiga maxsus axborot tizimi orqali ariza bilan murojaat qiladi. ↪️Bajarish muddati: Har oyning 7-sanasiga qadar. ☑️2-bosqich: Oliy ta’lim tashkiloti fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari elektron tarzda yuborilgan arizalarni umumlashtirgan holda belgilangan tartibda komissiyaga taqdim etadi. ↪️Bajarish muddati: 1 kun muddatda. ☑️3-bosqich: Komissiya kotibi ma’lumotlarni umumlashtirib, ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun komissiya a’zolariga taqdim etadi. ↪️Bajarish muddati: 1 hafta muddatda. ☑️4-bosqich: Komissiya arizalarni o‘rganib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi. ↪️Bajarish muddati: 1 kun muddatda. ☑️5-bosqich: Davlat oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) komissiya yig‘ilishining bayonnomasi asosida tegishli buyruq rasmiylashtiradi. Shuningdek, talabalarga to‘lovlarni amalga oshirish uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlar buxgalteriyaga taqdim etiladi. ↪️Bajarish muddati: 1 kun muddatda. ☑️6-bosqich: Davlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan talabalar turar joyi uchun oylik to‘lovlarni qoplab berish uchun talabalarning ro‘yxatlari muvofiq hisob-kitoblar bilan birga oliy ta’lim tashkilotining idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralarga yuboriladi. ↪️Bajarish muddati: Belgilangan muddatlarda. ☑️7-bosqich: Vazirlik va idoralar taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatiga asosan tegishli mablag‘larni oliy ta’lim tashkilotlarining byudjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga so‘rovnoma yuboradi. 2027-yildan boshlab tegishli oliy ta’lim tashkilotlarining byudjet xarajatlari smetasida rejalashtirilgan holda aks ettiriladi. ↪️Bajarish muddati: 3 ish kunida. ☑️8-bosqich: Iqtisodiyot va moliya vazirligi belgilangan tartibda mablag‘larni tegishli oliy ta’lim tashkilotlarining byudjet xarajatlari smetasida rejalashtiradi. ↪️Bajarish muddati: 10 ish kunida. ☑️9-bosqich: Davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalarga o‘quv yili uchun talabalar turar joyi uchun oylik to‘lovlarni davlat byudjeti hisobidan qoplab berish to‘g‘risida tegishli oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi. ↪️Bajarish muddati: Har oyning 15-sanasiga qadar. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Hashtags