@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80760 · 26.02.2026 г., 05:38
#YoshlarKuni #ProkurorVaYoshlar #OchiqMuloqot #YoshlarQo‘llabQuvvatlanadi #Chilonzor 🟢 Yoshlar tashabbuslari – doimiy e’tiborda! Davlat rahbari tashabbusi bilan haftaning har payshanbasi “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingani munosabati bilan joylarda yoshlar bilan ochiq va samarali muloqotlar tashkil etilmoqda. Shu doirada Chilonzor tumanida Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchisi A. Urmanov rahbarligida Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, tuman prokurori va boshqa mutasaddilar ishtirokida “Prokuror va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida har bir yosh bilan alohida suhbatlashilib, ularning muammo va takliflari atroflicha tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, yoshlarning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarini amalga oshirishlariga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda tijorat banklari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir davomida startapchi yoshlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etib, mutaxassislardan tavsiyalar oldilar. 👉👉👉 Yoshlar muammolarini hal etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. ⬅️⬅️⬅️Lavhamizda tadbir jarayonlari 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi