@gsbe_uz · Post #2626 · 02.10.2025 г., 12:36
🇰🇷🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Janubiy Koreyaning AJOU universiteti bilan hamkorlikdagi “MBA in IT Business” dasturi 2025-2026 o'quv yiliga start oldi 🇺🇿 Tadbirda Toshkentdagi Ajou universitetining birinchi prorektori Byung Kwan Kim, o‘quv ishlari direktori Lee Sang Hyon, Janubiy Koreya professorlari va Oliy biznes maktabi direktor o‘rinbosari B. Xolboyev qatnashdilar. 🎓 Yangi o‘quv yili bilan hamkorlik doirasidagi faoliyat yangi ruhda boshlandi. Dastur doirasida tinglovchilarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy loyihalar va xalqaro tajriba asosida bilim olish imkoniyatlari yaratiladi. Dastur ikki yil davom etadi: 1-yil Oliy biznes maktabida, 2-yil Janubiy Koreyada Ajou universitetida tahsil olinadi. Bitiruvchilarga Ajou universiteti “IT-Business” va Oliy biznes maktabi MBA diplomlari taqdim etiladi. 🔴 Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Koreya ta’lim aloqalarini mustahkamlab, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#AJOU#Masterstudy#DualDegree 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube