Отдельно разберём TaskGroup, который пришел на замену gather в Python 3.11.
Ключевые отличия
▫️create_task() возвращает объект asyncio.Task, у которого есть соответствюущие методы управления. То есть у нас больше контроля
▫️это контекстный менеджер, который гарантирует что все таски будут остановлены по выходу из контекста
▫️ошибка автоматически отменяет незавершенные задачи,
▫️except* передает нам ExceptionGroup, в котором каждую ошибку можно обработать отдельно
import asyncio
import random
async def do_it() -> str:
if random.random() < 0.1:
raise ValueError('Oops')
delay = random.uniform(0.5, 1.5)
await asyncio.sleep(delay)
return delay
async def main():
try:
async with asyncio.TaskGroup() as tg:
for _ in range(10):
tasks.append(tg.create_task(do_it()))
for t in tasks:
print(t.result())
except *ValueError as e:
for err in e.exceptions:
print(err)
asyncio.run(main())
Рекомендую изучить страницу Coroutines and Tasks из документации, где представлено больше интересных примеров и механизмов
- таймауты
- отмена задач
- создание задач из другого потока
#async
#karyerakuni
⭐️Toshkent farmatsevtika instituti hamda “Teach for Uzbekistan” hamkorligida “Karyera kuni” bo‘lib o‘tdi!
⚡️ Bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ish beruvchilar bilan bevosita aloqalar o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Toshkent farmatsevtika instituti hamda “Teach for Uzbekistan” nodavlat tashkiloti hamkorligida “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi.
🔰 Tadbir institut bitiruvchilari va talabalari uchun kelajakdagi ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy tajriba orttirish va nufuzli tashkilotlar bilan tanishish imkoniyatini taqdim etdi.
Tadbirni Toshkent farmatsevtika instituti Amaliyot ishlari bo‘yicha prorektori Maksudova Feruza ochib, yosh mutaxassislarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni haqida to‘xtalib o‘tdi. U mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish uchun nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalar ham muhim ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, Feruza Xurshidovna talabalarni o‘z ustida ishlash, kasbiy rivojlanish va doimiy o‘rganish muhim ekanligiga chorladi. U “Karyera kuni” tadbiri yosh mutaxassislar va ish beruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yishda samarali platforma ekanligini qayd etdi.
🔰 Ushbu kabi tadbirlar yosh mutaxassislarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladi va ularning o‘z sohasida muvaffaqiyat qozonishiga turtki beradi. Toshkent farmatsevtika instituti va “Teach for Uzbekistan” o‘rtasidagi bunday hamkorlik kelajakda ham davom etishi va talabalar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
BATAFSIL O'QING
Teach For Uzbekistan axborot xizmati
🌐Rasmiy sahifa
Telegram| Linkedln|Instagram|Yotube
Yorqin kelajakka yengil qadam!
✅ "Yangi O'zbekiston" universitetida kasb va karyera kuni o'tkazildi. Ushbu tadbirda 70 ga yaqin tashkilot va 130 ga yaqin korxona vakillari 270 ta ish o'rni taklifi bilan qatnashdi.
✨ Ular orasida “O‘zavtosanoat” AJ, “Uzbekistan Airways”, Uzcard, EPAM Uzbekistan, IT Park, Oʻzbekiston Milliy banki AJ, “Ipak Yo‘li banki” AITB va boshqa ko‘plab nufuzli tashkilotlar bo‘ldi.
⚡️Ushbu tadbir talabalarimiz ish bilan ta'minlanishi uchun ajoyib imkoniyat bo'la oldi.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#karyerakuni#bitiruvchilar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Orzuingizdagi joyda ishlashga tayyormisiz?
✅ Xabaringiz bor, ertaga "Yangi O'zbekiston" universitetida kasb va karyera kuni bo‘lib o‘tadi.
💥 Tadbirda yuqorida brendlari keltirilgan O‘zbekistonning yetakchi vazirlik va idoralari, xalqaro va mahalliy kompaniyalar ishtirok etadi.
✨Karyera kuni talabalarimiz yirik tashkilotlar bilan bevosita aloqalar o‘rnatishlari uchun ajoyib imkoniyatdir.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#karyerakuni#bitiruvchilar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universitetida kasb va karyera kuni bo‘lib o‘tadi!
💥 Universitetning birinchi bitiruvchilari o‘z mehnat yo‘llarini samarali boshlashlari uchun ilk bor “Yorqin kelajakka yengil qadam” nomli kasb va karyera kuni tashkil etilmoqda.
📅 Tadbir sanasi: 2025-yil 11-aprel
⏰ Boshlanish vaqti: 10:00
✅ Ushbu tadbir doirasida talabalar ish beruvchilar bilan bevosita tanishish, kasbiy rivojlanish bo‘yicha maslahat olish hamda o‘z kelajagini rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
✨ Barcha talabalar va kompaniya vakillarini ushbu tadbirga taklif etamiz!
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#karyerakuni#bitiruvchilar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook