С Новым Годом!🎄☃️❄️
Снова этот рубеж подведения итогов и определения планов на следующее 365 дней.
Что же мы успели застать в 2к25?
🔸 AI снова делает скачёк в развитии, как по качеству, так и по затратам на ресурсы
Продолжая расшатывать все рынки
🔸 Эпичный прорыв цен на железо (из-за первого факта). Сначала оперативка, потом и остальные подтянулись.
Успели закупиться вовремя?
🔸 Новый виток "борьбы с интернетом" в РФ
Работать всё сложней
🔸 Опенсорсный проект MinIO закрылся
Теперь только в облаке и только за денежку
Но не всё так плохо!
🔸 Всё больше уверенных мнений, что AI нас не заменит
Но всем нужно адаптироваться к новым реалиям и инструментам
🔸 uv ворвался в прод
Так и стандартом станет скоро
🔸 Вышел Django 6
Достаточно ли изменений для мажорной версии?
🔸 Вышел PIthon 3.14 с NO-GIL режимом
Раньше это считалось невозможным!
🔸 В том же 3.14 мы получили полноценные Субинтерпретаторы и JIT
И другие оптимизации
🔸 Язык Rust теперь официально второй язык ядра Linux
Хоть и не без проблем
🔸 Проекту pythonotes 6 лет 🎂
Скоро в школу)
Мир вокруг меняется постоянно и всё с большей скоростью. Не ищите виновных, просто адаптируйтесь и постоянно учитесь. И всё будет пучком! 😎
Оглядываясь назад в прошлое, задумайтесь, можете ли вы сказать тому себе из прошлого СПАСИБО за то, что вы имеете в настоящем?
И хорошенько подумайте в этом настоящем, что нужно делать уже сейчас, чтобы вы из будущего стали лучшей версией себя настоящего и гордились своей версией из прошлого за заботу о будущем.
Sir Christopher Edward Nolan :)
#offtop
Bottom Sheets'dan samarali foydalanish yo‘riqnomasining sifatli varianti
✳️ O'quv kurslari va turli xil (ta'lim berish) maqsadlarda muallifni eslatib o'tgan holda ishlatish tarqatish mumkin!
@suxrobblog | #mavzu#bottom_sheet
Bottom sheet (pastdan chiqadigan oynacha) nima?
Bottom sheet — bu ekranning pastidan chiqib, sahifani almashtirmasdan qo‘shimcha ma’lumot yoki harakatlarni ko‘rsatadigan mobil UI elementidir. Ular asosiy kontentni yopmasdan, kerakli paytda qo‘shimcha ma’lumot yoki funksiyani ko‘rsatishga yordam beradi.
Bu degani har doim ham bottom sheetni hamma yerga ishlatish kerak degani emas, dizaynerlar.
Noqulay dizayndagi bottom sheetlar foydalanuvchini chalg‘itadi: agar yopish oson bo‘lmasa, bir nechta sheet ustma-ust chiqsa yoki kerakli kontentni to‘sib qo‘yilgan bo'lsa...
(↗️ Yo'riqnomani PDF faylini yuklab olish)
@suxrobblog | #mavzu#bottom_sheet
UX dizayn ortidagi haqiqat...
UX dizayn – bu faqat chiroyli ko‘rinish emas, balki foydalanuvchi ehtiyojlariga moslab ishlab chiqilgan tizimli yondashuv. Har bir tugma, sahifa oqimi, joylashuv — bular ortida logika, tahlil va tajriba yotadi.
Yaxshi UX dizayn bo‘lsa:
1. Platformaning struktura va navigatsiyasi aniq bo‘ladi,
2. Foydalanuvchi chalkashmaydi,
3. Dasturchi aniq yo‘l-yo‘riq bilan ishlaydi,
4. Ishlab chiqish jarayoni tezlashadi, xatolar kamayadi,
5. Va nihoyat, mahsulot muvaffaqiyatli chiqadi.
Shuning uchun UX dizayn — sarmoya hisoblanadi. Va bu xizmat arzon bo‘lishi kutilmasligi lozim. Chunki u platformaning asosiy poydevorini tashkil qiladi.
UX bo‘lmasa nima boʻlardi:
— Foydalanuvchi chalkashadi: sayt tushunarsiz bo‘ladi;
— Dasturchi yo‘nalishsiz ishlaydi: strukturani tuzishga qiynaladi va yana ham koʻproq toʻlov soʻraydi.
— Koʻproq vaqt sarflanadi: Kutilgan natijaga erishish uzoq vaqt talab qilishni boshlaydi.
Qisqasi: UX yo‘q joyda, muammo tug‘iladi.
Startup va bizneslar UXʼsiz zararga tushishganliklari haqida kelgusi postlarda yozaman.
@suxrobblog
#ux#mavzu#muammo
Mijozdan to'lovni oldindan olish kerakmi?
Ha, ayniqsa frilansda ishlayotgan bo‘lsangiz, to‘lovni oldindan olganingiz ma’qul. Har bir mijoz har xil bo‘ladi: kimdir vijdonan haqini to‘laydi, kimdir esa kechiktiradi yoki umuman to‘lamasligi ham mumkin. Shuning uchun quyidagi yondashuvlarni tavsiya qilaman:
Frilans buyurtmalari uchun:
1️⃣Oldindan to‘lov olish – ishga kirishishdan oldin kamida 30-50% oldindan to‘lov olishingiz tavsiya etiladi.
2️⃣Bo‘lib-bo‘lib to‘lash – loyiha bosqichlarga bo‘linib, har bir bosqich tugagandan keyin to‘lov olinishi mumkin.
3️⃣Kelishuv (shartnoma) – agar mijoz bilan uzoq muddatli ishlashni rejalashtirsangiz, hujjatlashtirilgan kelishuv yoki shartnoma asosida ishlash yaxshi variant.
Oylikka ishlash bo‘yicha:
1️⃣ Agar oylik ishga kelishilgan bo‘lsa, 15-sanasigacha avans (oldindan to‘lov) talab qilish mumkin. Bu sizga ishingizni ishonch bilan bajarishda yordam beradi.
2️⃣ Shuningdek, muntazam to‘lov tizimi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak – masalan, har oyning 15-30 sanalari oralig‘ida hisob-kitob qilinishi.
To‘lov borasida aniq kelishib olmaslik sizni xavf ostida qoldirishi mumkin. Shuning uchun har doim mijoz bilan oldindan kelishuv qilib, eng kamida 50% oldindan to‘lov olishni odat qiling. Doimiy mijoz bo‘lgan taqdirda ham, to‘lov tartibini aniq belgilagan ma'qul.
@suxrobblog
#mavzu#mijoz#savol_rublikasi
Dizaynda “yo‘q” deyish tamoyili
Mijoz bilan ishlaganda har bir talabini bajarish – sizni yaxshi dizayner qilmaydi. Ba’zan “yo‘q” deyish ham professionallikning bir qismidir.
Dizayner sifatida har bir mijoz yoki jamoa talabiga rozi bo‘lish natijani yaxshilamaydi, aksincha, sifatsiz dizaynga, ortiqcha stress va keraksiz vaqt sarflashga olib kelishi mumkin.
Dizaynda “yo‘q” deyish tamoyili nima oʻzi? Bu dizayn jarayonida asosli va professional cheklovlar qo‘yish qobiliyatidir. Agar shu asosli cheklovlardan oʻtilganda "yoʻq" deyish nazarda tutilyapti.
Mijoz bilan endi ishlashga kirishganda narx aytdingiz, "###$ boʻladi", desangiz. Mijoz, "Mayli, faqat mana bu ishlarni ham qoʻshib qilib bering", desa, yaʼniki ishingizni ustiga 50% ish qoʻshib beryapti. Bu vaziyatda yoʻq deb aytgangiz maʼqul. Kechasi bilan ishlab, koʻzlaringiz qizarib chiqqaniga, mijozdan olgan pullaringiz koʻzingizga koʻrinmaydi ham.
"Mijoz ketib qoladi", deb narxni past aytgan taqdiringizda ham, qadarga yozilmagan boʻlsa, arzon aytsangiz ham ketib qoladi. "Yoʻq" deyish bilan rizq kamayib qolmaydi deb hisoblayman. Va oʻzim ham, oʻzimga yoqmagan ishlar chiqqanda buyurtma sifatida qabul qilmayman yoki boshqa sabablar. Shuningdek, soha boʻyicha prinsiplarimga doim qatʼiy amal qilishga harakat qilganman va boshqalarga ham shuni tavsiya qilaman...
P.S. Blogdagi postlar shaxsiy fikrlarim orqali yozib boraman. SI yozib bermaydi)
@suxrobblog
#mavzu#mijoz#prinsiplar
Oʻzbekiston bozorida UX/UI dizayn boʻyicha mutaxassislar yetarli emas. Grafik dizaynerlar esa bu yoʻnalishni ham oʻrganib borishlari lozim
Nega va sabab?
— Nega deganda, avvalo grafik dizaynga qaraganda UX/UI dizaynda koʻproq daromad topish mumkin, bu sir emas. Bir ikki kunda 300-500$ gacha daromad topishingiz ham mumkin, masalan.
Men nega buni aytyapman?!
— Avvalo sohada koʻproq mutaxassislar paydo boʻlishini istayman. Oʻzaro rivojlanishga turtki boʻladigan kadrlar yetishib chiqishi boshqa dizaynerlar rivojiga ham hissa qoʻshishi mumkin.
Grafik dizaynerlar bu sohaga tezroq moslasha oladimi?
— Albatta. Hozirda oʻzimizni bozorda UX/UI dizayn boʻyicha yaxshi keyslarni koʻrmaganimga ham ancha boʻldi, aksar hollarda shablonlar ishlatilyapti. Deadlineʼlar qisqa, tayyor resurslardan foydalanish holatlari koʻp uchrab turadi, bu esa sohaga yangi kirib kelganlar uchun ham tezroq moslashishga imkon beradi.
Grafik dizayndan soʻng UX/UI dizayn bu menimcha keyingi bosqich deb oʻylayman. Koʻproq minimalizm bilan ishlash ortiqcha bosh ogʻrishini keltirib chiqarmaydi. Shuningdek, grafik dasturda murakkab funksiyalar bilan ishlash kabi bir qancha bosh ogʻriq ishlaridan qutulasiz. Bu jarayonda dizayner ancha yengillab qoladi. Va sohadan yana ham zavq olib boradi...
Xoʻsh grafik dizaynerlar UX/UI dizayn yoʻnalishini ham oʻrganishga kirishamizmi?
Men grafik dizaynerlarga bepul tarzda UX/UI dizaynga qadam qoʻyishlari boʻyicha bosqichma-bosqich kontent tayyorlab borishni rejalashtiryapman. Izohdagi fikrlar boʻyicha postlar yozib bormoqchiman hozircha.
@suxrobblog
#mavzu#grafik_dizayn#uxui_dizayn
Dizayn bo'yicha buyurtma olish uchun o'zimizda frilans guruhlari bormi?
— Aynan, UX/UI dizayn bo'yicha buyurtma olish bo'yicha o'zimizda guruhlar mavjud emas. Lekin...
✅Mijozlar topish bo'yicha tavsiyalar berib ketishim mumkin, lekin:
1. O'z ustingizda ishlang, portfolio'da ishlar soni va sifatini oshiring;
2. AyTi'ga aloqador tanish bilishni ko'paytiring, turli xil dasturchilar meetup'lariga ham borib turishingiz mumkin, shunda ular bilan tanishib kontaktlashib turishingiz mumkin. Bizni sohada netvorking juda muhim, tanish bilish orqali asosiy mijozlar kelishi mumkin;
3. Instagramda video ko'rish o'rniga, siz ham ular kabi video kontent tayyorlashga kirishing. Soha bo'yicha O'zingizni yaxshi ko'rsata olsangiz, Instagram va Facebookdan ham oyiga kamida 1-2ta mijoz kelib turishi mumkin;
4. Mijozlar oqimiga erishmaguncha, bepul xizmatlar ko'rsatishni yo'lga qo'yishingiz mumkin.
P.S. Divanda yotishni bas qiling))
@suxrobblog
#mavzu#buyurtma#mijoz#savol_rublikasi