С Новым Годом!🎄☃️❄️
Снова этот рубеж подведения итогов и определения планов на следующее 365 дней.
Что же мы успели застать в 2к25?
🔸 AI снова делает скачёк в развитии, как по качеству, так и по затратам на ресурсы
Продолжая расшатывать все рынки
🔸 Эпичный прорыв цен на железо (из-за первого факта). Сначала оперативка, потом и остальные подтянулись.
Успели закупиться вовремя?
🔸 Новый виток "борьбы с интернетом" в РФ
Работать всё сложней
🔸 Опенсорсный проект MinIO закрылся
Теперь только в облаке и только за денежку
Но не всё так плохо!
🔸 Всё больше уверенных мнений, что AI нас не заменит
Но всем нужно адаптироваться к новым реалиям и инструментам
🔸 uv ворвался в прод
Так и стандартом станет скоро
🔸 Вышел Django 6
Достаточно ли изменений для мажорной версии?
🔸 Вышел PIthon 3.14 с NO-GIL режимом
Раньше это считалось невозможным!
🔸 В том же 3.14 мы получили полноценные Субинтерпретаторы и JIT
И другие оптимизации
🔸 Язык Rust теперь официально второй язык ядра Linux
Хоть и не без проблем
🔸 Проекту pythonotes 6 лет 🎂
Скоро в школу)
Мир вокруг меняется постоянно и всё с большей скоростью. Не ищите виновных, просто адаптируйтесь и постоянно учитесь. И всё будет пучком! 😎
Оглядываясь назад в прошлое, задумайтесь, можете ли вы сказать тому себе из прошлого СПАСИБО за то, что вы имеете в настоящем?
И хорошенько подумайте в этом настоящем, что нужно делать уже сейчас, чтобы вы из будущего стали лучшей версией себя настоящего и гордились своей версией из прошлого за заботу о будущем.
Sir Christopher Edward Nolan :)
#offtop
Talabamiz barcha oʻzbek ayol-qizlari orzu qiladigan natijaga erishdi
💥 “Yangi Oʻzbekiston” universiteti 1-bosqich magistranti Ummatoy Yoʻldosheva Davlatimiz rahbaridan Zulfiya nomidagi davlat mukofotini olgandagi taassurotlari ushbu videoda aks etgan.
🎗️ Iste’dodli va harakatchan talaba qizlarimiz koʻpligiga va bu yutuq davomli boʻlishiga ishonamiz.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#mukofot#Zulfiya
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yutuqlari uchun shaxsan prezident tomonidan taqdirlanish – katta baxt
Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan davlat mukofotlarini topshirish marosimi o'tkazildi.
🏅Unda "Yangi O‘zbekiston" universiteti magistranti Ummatoy Yo‘ldoshevaZulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari Ummatoy Yoʼldosheva Davlatimiz rahbari tomonidan Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi lavozimiga tavsiya etildi.
✅ Ummatoy Yo'ldoshevaning erishgan yutuqlari va loyihalari juda ko'p bo'lib, ulardan biri "Anora" loyihasi hisoblanadi. Ushbu loyiha orqali qizlar mobil dasturlash va sun’iy intellekt orqali ishlashni o'rganishlari mumkin.
Shuningdek, Ummatoy xalqaro AIESEC tashkilotida ham faoliyat yuritib, yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shmoqda.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#mukofot#Zulfiya
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Talabamizni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan tabriklaymiz
🎉 Prezident qaroriga koʻra “Yangi Oʻzbekiston” universiteti Sanoat boshqaruvi - innovatsiya va biznesni rivojlantirish magistratura mutaxassisligi 1-bosqich talabasi Yuldasheva Ummatoy Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
🎗️ Talabamizni ushbu mukofot bilan samimiy tabriklaymiz.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#mukofot#Zulfiya
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Zulfiya
#Davlat_mukofoti
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 19 nafar oliy taʼlim hamda ilm-fan vakillari sazovor boʻldi
Prezident qaroriga koʻra 1 nafar o‘qituvchi, 3 nafar tayanch doktorant, 1 nafar assistent, 4 nafar magistr, 10 nafar talaba-qiz a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali magistranti;
Sotvoldiyeva Mohinur Hazratullo qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti;
Usmonova Dilshoda Egamberdi qizi – Andijon davlat pedagogika instituti talabasi;
Ruhillayeva Nilufar Shukrullo qizi – O‘zbekiston milliy universiteti talabasi;
Bahronova Dilshoda Tohirovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi;
Ortiqova E’zoza Nodir qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti;
Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi – Guliston davlat universiteti talabasi;
Mahammadrizoyeva Madinabonu Mahammadrizo qizi – Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabasi;
Yo‘ldosheva Ummatoy To‘lqinovna – “Yangi O‘zbekiston” universiteti magistranti;
Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi;
To‘ychiyeva Dilafruz Nu’monjon qizi – Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi;
Abdusalomova Zanjiloy Farhod qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi;
G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizi – Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti;
Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi – Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi;
Zaripova Rushana Robertovna – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti;
Abdurasulova Dilnoza Botirali qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali assistenti;
Sobirova Layloxon Arslonbek qizi – Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti magistranti;
Sodiqova Nasiba Majidovna – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi;
Babeshko Alina Aleksandrovna – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o‘qituvchisi.
💐Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan xotin-qizlarimizni samimiy muborakbod etadi!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan bir guruh faol xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarro‘yxati
#Zulfiya#Davlatmukofoti
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi📱Instagram📱Facebook📺YouTube
🇺🇿Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida o‘zining iqtidori, muhim g‘oyalari, tashabbuslari va ibratli ishlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bilim hamda salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar!
🇺🇿Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati
#Zulfiya#Davlatmukofoti
🇺🇿“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
Kuni kecha poytaxtimizdagi O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbirda bir qator vazirlik, idora va tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.
💐8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlangan ijodkor ayol-qizlarimizga tabriklar yo‘llanib, maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.
👏Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha sovrindorlarni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz! Sizning azmu shijoatingiz, ijodingiz va mehnatingiz barchaga o‘rnak bo‘lsin!
#Zulfiya#8Mart
🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt
🇺🇿“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
Agentlik binosida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbirda Madaniyat, Sport, Maktabgacha va maktab ta’limi, Raqamli texnologiyalar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalarvazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamdaO‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati ishtirok etdi.
💐8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlangan ijodkor ayol-qizlarimizga tabriklar yo‘llanib, maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.
🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha sovrindorlarni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz! Sizning azmu shijoatingiz, ijodingiz va mehnatingiz barchaga o‘rnak bo‘lsin!
#Zulfiya#8Mart
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🌍Veb sayt
Zulfiya mukofotini qanday olish mumkin?
Zulfiya mukofoti nizomiga ko'pchilik tomonidan qiziqish katta.
Agar Sizda ham qiziqish bo‘lsa, Zulfiya mukofoti nizomini ushbu havola👈 orqali yuklab olishingiz mumkin.
#qizlargaimkon#Zulfiya#Nizom
@dkattakhanova👈
Yoshlar ijod saroyida Zulfiya mukofoti sovrindorlari taqdirlandi!
Madaniyat, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining mas'ul rahbarlari mukofot g'oliblarini 8-mart - Xalqaro xotin qizlar kuni bilan tabriklab, ularga maxsus sovg'alar topshirdilar.
💐Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan barcha xotin-qizlarni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz!
#Tabrik#Zulfiya#Davlatmukofoti
@dkattakhanova👈
1-mart — O‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, zabardast shoira Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun.
“Diydor” yoshlar eksperimental teatr - studiyasi sahnasida O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor Bahodir Yo‘ldashev tomonidan 2015 yilda shoiraning “Xotiram siniqlari” dostoni asosida “Yodim siniqlari” spektakli sahnalashtirilgan. Ushbu asar mono spektakl tarzida namoyish etilgan bo‘lib, Zulfiya obrazini O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldasheva mahorat bilan talqin qilgan.
Spektakl shoira Zulfiyaning 100 yillik yubileyi munosabati bilan butun respublika bo‘ylab gastrol safari tarzida namoyish etilgan.
2025 yilda esa Zulfiyaning 110 yilligi munosabati bilan spektakl teatr-studiya rejissyori Ruslan Haydarov tomonidan qayta tiklandi. Yangilangan talqinda Zulfiya obrazini O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shodiya Abduqadirova (To'xtaeva)ijro etdi.
Mazkur spektakl tasvirga olingan bo‘lib, u shoira- Zulfiya Isroilova, shoir-Hamid Olimjon Zulfiya rolini ijro etgan- Gulbahor Yuldasheva hamda spektakl rejissyor- Bahodir Yuldashev 80 yillik yubleyi munosabati bilan xotiralariga bag‘ishlangan muhim madaniy loyihalardan biri hisoblanadi.
#Zulfiya#DiydorTeatr#O‘zbekTeatri #Madaniyat#Spektakl