@uztmk_official · Post #3182 · 26.10.2025 г., 09:37
#TMK #UIMF2025 #ITECA 🎙TMK ekspertlari – UIMF 2025 sahnasida! Ma’lum qilganimizdek, 28–29-oktabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida UIMF 2025 forumi bo’lib o’tadi. ✅UndaO‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) vakillari ham spiker sifatida ishtirok etib, xalqaro auditoriya bilan o‘z tajribasi, g‘oyalari va istiqboldagi loyihalari bilan o‘rtoqlashadi. 🌎Forumning maqsadi – Markaziy Osiyo tog‘-kon va metallurgiya sanoatida innovatsion texnologiyalar, barqaror yechimlar va global hamkorlikni rivojlantirishdir. TMK spikerlari: Han Ilhan, Boshqaruv raisi maslahatchisi 💡Mavzu: “Kritik minerallar: global ta’minot zanjirlarida barqarorlikni ta’minlash.” Amir Abidov, Fan va taraqqiyot bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari 💡Mavzu: “Ilm-fan va innovatsiyalar – O‘zbekistonning texnologik metallar sohasida yangi bosqich.” Timur Xikmatullaev, Boshqaruv raisining global integratsiya masalalari bo'yicha maxsus vakili-ilmiy texnik hamkorlik boshqarmasi boshlig'i 💡Mavzu: “Texnologik metallar sohasida innovatsiyalar va xalqaro ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi.” Kelajak metallari dunyosida TMK bilan hamnafas bo‘ling! 📍UIMF 2025 | 28–29-oktabr | O‘zekspomarkaz, Toshkent 🫥🫥🫥 📎На русском языке 📎In English 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram