@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80404 · 17.02.2026 г., 10:00
#Ramazon2026 #MasjidlardaXavfsizlik #JamoatTartibi Chilonzor tumanida Ramazon oyi munosabati bilan masjidlarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi Qutlug‘ Ramazon oyi munosabati bilan, Shavkat Mirziyoyevning tegishli ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizdagi barcha masjidlarda ibodat qiluvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Chilonzor tumanida ham bu borada amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi. Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari mutasaddilari hamda tuman FVB rahbari ishtirokida tumanda joylashgan barcha masjidlar binolarida o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida: ✅masjidlar atrofida jamoat tartibini ta’minlash, ✅yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, ✅evakuatsiya yo‘laklari va kirish-chiqish joylarining holati, ✅tungi yoritish tizimlari, ✅ibodat qiluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda ijro nazoratga olindi. ⬅️⬅️⬅️Maqsad — muborak Ramazon oyida fuqarolarimiz masjidlarda xotirjam, xavfsiz va barcha qulayliklar yaratilgan holda ibodat qilishlarini ta’minlashdir. 👉👉👉 Chilonzor tumanida bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi