@alxorazmiyuni · Post #295 · 31.12.2025 г., 04:00
#2026yil Hurmatli yurtdoshlar, aziz ustozlar va talabalar! Sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan samimiy muborakbod etamiz! ✨ Yangi yil barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, katta yutuqlar, intilishlar va muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin. O‘tayotgan 2025-yil davomida erishilgan yutuqlarimiz kelgusi yilda yanada yuksak marralarni zabt etishimizga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilsin. 🎉 Sizga va yaqinlaringizga sog‘lik, oilaviy tinchlik, ilmiy va ijodiy parvozlar, ezgu niyatlaringizning ro‘yobini tilaymiz. Yangi yil har bir xonadonga quvonch, baraka va fayz olib kelsin! Hurmat bilan, Al-Xorazmiy universiteti jamoasi 🔁English
Hashtags