@ITmastersuz · Post #12213 · 25.06.2025 г., 14:20
⭐️ FPS – bu nima va nega muhim? FPS — bu “Frames Per Second”, ya’ni sekundiga ko‘rsatilayotgan kadrlar soni degani. Ekranda qancha ko‘p kadr ko‘rsatilsa, tasvir shunchalik silliq, jonli va tabiiy ko‘rinadi. 📊 FPS darajalari nimani bildiradi? 24 FPS bu - kino va filmlar uchun standart. Kadrlar soni kamroq, lekin ko‘z ko‘nikib ketadi. 30 FPS bu - telefon va oddiy kompyuter o‘yinlarida keng tarqalgan. O‘rtacha silliqlik. 60 FPS bu - silliq harakatlar, o‘yinlar va video uchun ideal daraja. 120 FPS+ bu - professional gamerlar va yuqori darajadagi monitorlar uchun. Ultra silliqlik! 🖥 FPS nima uchun muhim? ✅ O‘yinlarda yuqori FPS — tez javob, aniq nishonga olish va “lag”siz o‘ynash demak. ✅ Video tahrirlashda — harakatlar real ko‘rinadi, ayniqsa sport yoki aksiyalarni ko‘rsatganda. ✅ Virtual haqiqat (VR) texnologiyalarida esa past FPS bosh aylanishi va ko‘z charchog‘iga sabab bo‘ladi. ✅ Xulosa: FPS — bu oddiy raqam emas. U sizning o‘yin yoki videodagi qulaylik, aniqlik va silliqlik darajangizni belgilaydi. Ayniqsa gamerlar uchun bu juda muhim ko‘rsatkich! 👉Bizning barcha loyihalar | #fps
Hashtags