@HashtagUz · Post #14703 · 13.01.2026 г., 07:45
☠️“Tirikmisiz?” — Xitoyda noodatiy ilova mashhur bo‘lib ketdi 🇨🇳 Xitoy App Store’da 死了么(“O‘ldimi?”) nomli ilova tezda ommalashib ketdi. Ilovaning vazifasi juda noodatiy — u foydalanuvchi hali tirikmi yoki yo‘qmi, shuni kuzatadi. 📱 Foydalanuvchi har ikki kunda bir marta ilovaga kirib, “men tirikman” degan belgini bosishi kerak. Agar buni qilmasa, ilovada ko‘rsatilgan yaqin odamga avtomatik email xabari yuboriladi. 💸 Hozir bu ilova Xitoy App Store’ning eng ko‘p sotilayotgan pullik ilovasiga aylangan. 🌍 Ilova Xitoydan tashqarida ham mavjud — Demumu nomi bilan. ➡️#ilova | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags