@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82408 · 31.03.2026 г., 11:06
#Ko‘kalamzorlashtirish "Mohi nur kommunal" BSK xodimlari tomonidan kompaniyaga biriktirilgan "Shuhrat" mahallasidagi ko‘pqavatli uylarning atrofidagi yerlarga ishlov berilib, tuprog‘i kam maydonlarga tuproq olib kelib yotqizilmoqda. Ishlov berilgan yashil maydonlarga esa rangbarang gullar ekilmoqda. Shu o‘rinda "Shuhrat" mahallasida yashovchi tumandoshlarimizdan uylari atrofini toza tutishlarini, ekilgan gullar uy atrofini yanada go‘zal qilib turishi uchun atrof -muhitga yanada e’tiborli bo‘lishlarini, yashil maydondagi o‘simliklarni asrab-avaylashlarini so‘rab qolamiz. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
Hashtags