@transportlitseyi · Post #4242 · 08.10.2025 г., 13:47
📚 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi 3-25-guruh o‘quvchi-yoshlari bilan “Jamoa birdamlikda” nomli psixologik trening o‘tkazildi. 🧠 Treningning maqsadi — jamoada ijobiy muhit yaratish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda o‘quvchilar o‘rtasida samimiy muloqotni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. 🤝 Mashg‘ulot davomida “Liderni top” va “Intervyu” metodikalari orqali o‘quvchilar o‘z guruhdoshlari bilan yaqindan tanishishdi, bir-birlari haqida qiziqarli ma’lumotlar olishdi. #PsixologikTrening #Yoshlar#Akademik_litsey 📲Akademik litsey sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook