@muhammad_fozil · Post #1834 · 30.12.2025 г., 16:04
#sheriyat **** Qiz bolaning rost gapi ozdir, Yolg'onlari bisyor adashma. "Tegmang menga" degani - nozdir, "Nari turing" desa - karashma. Ishva bilan "Qurib keting" der, Ko'ngilga hech qattiq olmagin. "O'ling" desa, yashnab yuraver, "Qoching" desa, qochib qolmagin. Hech gul bormi axir tikansiz, Tikaniga fido qilgin jon. Bir kun aytar: - Yomon ekansiz, Ma'nosi: - "Siz eng yaxshi inson!" ©Erkin Vohidov @Muhammad_Fozil P.s: menga aloqador she'r emas, ustozlarim bilan sayohatda bo'lgan vaqtimda shu she'rni aytib qolishdi, topdim va yubordim.Yaxshi she'r ekan, yubordim, ortiqcha narsa yo'q
Hashtags