@utycargo · Post #291 · 21.04.2025 г., 07:18
🆕 Yangi bosqich sari qadam! 📎 2025-yil 4-mart kuni “Temiryo‘lkargo” AJ xalqaro konteyner tashuvlarida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam qo‘ydi — **BIC (Xalqaro konteynerlar byurosi)**ga rasmiy so‘rov yuborildi. 🌍 BIC — bu 1933-yilda tashkil topgan neytral va notijorat xalqaro tashkilot bo‘lib, konteyner tashuvlarini samarali va xavfsiz amalga oshirish, ularni standartlashtirish hamda intermodal transport tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. 🔸 BIC 1970-yildan buyon konteynerlar uchun kodlar reyestrini yuritib kelmoqda. 🔸 1972-yildan beri ISO tomonidan global prefikslar registratori sifatida tan olingan. 🔸 Har kuni minglab marta butun dunyoda BIC kodlar bazasidan foydalaniladi. ✅ So‘rov asosida BIC tomonidan “Temiryo‘lkargo” AJ uchun “UTYU” kodi ajratildi! ✅UTYU kodining rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma olindi! 🇺🇿 Endilikda dunyo bo‘ylab “UTYU” yozuvli konteynerni ko‘rsangiz — bilingki, bu “Temiryo‘lkargo” AJ konteyneri! 📦 Temiryo‘lkargo – zamonaviy yuk tashuvlariga! #Temiryolkargo#BIC#UTYU#konteyner#logistika#transport 🆕Шаг навстречу новым возможностям! 📎 4 марта 2025 года АО «Temiryulkargo» сделало важный шаг на пути к укреплению своих позиций в сфере международных контейнерных перевозок — был направлен официальный запрос в BIC (Международное бюро контейнеров). 🌍 BIC — это нейтральная и некоммерческая международная организация, основанная в 1933 году, которая способствует эффективной и безопасной организации контейнерных перевозок, их стандартизации и развитию интермодальных транспортных систем. 🔸 С 1970 года BIC ведёт реестр кодов для контейнеров. 🔸 С 1972 года признан ISO в качестве глобального регистратора префиксов. 🔸 Ежедневно по всему миру тысячи раз используется база данных BIC-кодов. ✅ По итогам запроса BIC присвоил АО «Temiryulkargo» уникальный код — UTYU! ✅ Получено официальное свидетельство о регистрации кода UTYU в системе BIC!