Стандартная библиотека asyncio это стандарт (начиная с Py3.4) для работы с асинхронным кодом. Но эта библиотека достаточно низкоуровневая, со своими проблемами, устаревшими подходами.
Чтобы исправить это, были созданы разные обертки и альтернативы с реализацией популярных инструментов и паттернов асинхронного программирования. Это такие библиотеки как:
- trio: улучшает корректность выполнения, не оставляя потерянных корутин при ошибках, то есть предлагает Structured Concurrency из коробки.
- curio: упрощение синтаксиса и читаемости кода, больше похоже на работу с потоками.
- anyio: универсальная обертка над asyncio или trio плюс множество вспомогательных инструментов.
anyio используется в FastAPI как основная библиотека для работы с асинхронным кодом и вызовом синхронного кода из асинхронного.
В общем, рекомендую почитать про возможности anyio, возможно вы более не будете использовать чистый asyncio в своих проектах)
Это совсем не значит что дефолтный asyncio плох, он тоже даёт достаточный для работы функционал и продолжает развиваться. Например, в версии 3.11 появились TaskGroup, с похожим на trio функционалом. Так что он тоже актуален, просто придется больше написать кода самостоятельно.
#libs#async
ICPC dasturlash olimpiadasi o'tkazildi
🌐 “Yangi O‘zbekiston” universitetida Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda xalqaro ICPC olimpiadasiga eng salohiyatli yoshlarni tayyorlash maqsadida olimpiada o‘tkazildi.
✅ Olimpiadaga yurtimizdan 60 ga yaqin jamoa ro‘yxatdan o‘tgan. Ular dunyo bo‘yicha eng kuchli dasturchilar bilan kuch sinashib, IT bo‘yicha O‘zbekiston reytingini yuqori o‘rinlarga olib chiqishni maqsad qilishgan.
🎗“Yangi O‘zbekiston” universiteti mamlakatimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash va ilm-fan hamda innovatsiyalar markazi bo‘lishda davom etadi.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ICPC#musobaqa
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
"Yangi O'zbekiston" universiteti talabalaridan iborat 2 ta jamoa ICPC xalqaro dasturlash olimpiadasining keyingi bosqichiga o'tishdi.
🌐 Avval xabar berganimizdek olimpiadaning respublika bosqichiga universitetimizdan 6 ta jamoa o'tgan edi. Mazkur bosqichda 50 ta jamoa orasidan universitetimiz talabalaridan iborat 2 ta jamoa (4,5-o'rinlarda) keyingi bosqichga o'tdi.
✅ ICPC chempionatida ishtirok etish talabalarning kod yozish va muammolarni tez hal qilish ko'nikmalarini kuchaytiradi. Shuningdek, yirik kompaniyalarda ishga joylashishda eng yaxshi nomzodlardan biri sifatida qaraladi.
📌 Malumot uchun, keyingi bosqich Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida o'tkazilib, unda O'zbekistondan jami 15 ta jamoa ishtirok etadi.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ICPC#musobaqa
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalaridan iborat 6 ta jamoa ICPC xalqaro dasturlash musobaqasi respublika bosqichiga o‘tdi!
✅ Mazkur musobaqada universitetdan jami 15 ta jamoa ishtirok etayotgan bo'lib, ulardan 11 tasi keyingi bosqichga o‘tishgan. Ammo musobaqa shartlariga binoan har bir universitetdan 6 tagacha jamoa respublika bosqichiga o‘tishi mumkin.
🎗Talabalarimizga keyingi bosqichda omad tilaymiz!
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ICPC#musobaqa
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Universitetimiz talabalari “ICPC Uzbekistan” Respublika olimpiadasida munosib qatnashishdi
💥 Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida “ICPC Uzbekistan” dasturlash olimpiadasining ikkinchi respublika bosqichi o'tkazildi. Ushbu bosqichda talabalarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizning eng kuchli 3 ta oliygohi safiga kirishdi.
💫 Bundan tashqari, umumiy hisobda universitetimizdan jami 4 ta jamoa yarim finalga yo‘llanmani qoʻlga kiritdi.
✅ Bu ulkan yutuq talabalarmizning bilim va mahoratini yana bir bor isbotladi. Olimpiada orqali yosh dasturchilar o‘zaro tajriba almashish va yangi bilimlarni egallash imkoniga ega bo‘ldilar.
📌 Ma’lumot uchun, olimpiada dunyo miqyosida oʻtkazilib, unda gʻolib boʻlgan eng kuchli yoshlar nufuzli IT kompaniyalariga ishga qabul qilinadi.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ICPC#olimpiada#dasturlash
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Dasturlash bo‘yicha “ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasi o'tkaziladi
💫 “Yangi O‘zbekiston” universitetida 17-noyabr kuni “ICPC Uzbekistan” dasturlash olimpiadasining ikkinchi respublika bosqichi o'tkaziladi. Ushbu bosqichda 68 ta jamoa qatnashadi.
✅ Ma'lumot o'rnida, ICPC (International Collegiate Programming Contest) — bu algoritmik dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lib, har yili dunyoning eng iqtidorli bilimdonlari ishtirok etadi.
☑️ “ICPC Uzbekistan” Respublika bosqichi g‘oliblari ICPC xalqaro olimpiadasining yarim finalida ishtirok etish uchun maxsus yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
🎗 Mazkur olimpiadada universitetimiz talabalari ham ishtirok etayotgan bo'lib, ulardan ulkan g'alabalar kutib qolamiz.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ICPC#olimpiada#dasturlash
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro olimpiadada qatnashishmoqda
🏛 “Yangi O‘zbekiston” universitetining uch nafar talabasi professor Bahodir Ahmedov boshchiligida Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro ICPC olimpiadasida ishtirok etishmoqda.
✅Ushbu olimpiada dasturlash bo‘yicha eng yirik olimpiadalardan hisoblanib, qatnashuvchilarga algoritmik masalalarni yechish uchun har bir bosqichda 5 soat vaqt beriladi.
☑️ Hozirda mazkur olimpiadada butun dunyodan mingdan ortiq universitetlar eng bilimdon talabalaridan shakllantirilgan jamoalari bilan ishtirok etishmoqda.
📌Ma’lumot uchun,ushbu olimpiada bir vaqtning o‘zida Olmaota, Tibilisi, Sankt-Peterburg va Barnaul shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda.
🎗Talabalarimizga omad tilab, yuqori natijalar kutib qolamiz.
🔁English | Russian
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#Olimpiada#ICPC#Olmaota
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari ICPC NERC 2025–2026 finalida munosib ishtirok etdi!
🌍 ICPC 2025–2026 Northern Eurasia Finals — Dasturlash bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli musobaqalardan biri bo‘lgan ICPC’ning mintaqaviy final bosqichida “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etdi.
🏅 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
— 2 ta jamoamiz II-darajali diplom bilan taqdirlandi;
— yana 2 ta jamoamiz III-darajali diplom sohibiga aylandi.
👏 “Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi barcha ishtirokchi talabalarni va ularning ustozlarini samimiy tabriklaydi hamda kelgusi ICPC bosqichlarida yanada yuksak marralarni zabt etishlariga ishonch bildiradi!
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ICPC#dasturlash#talabalar#YangiO‘zbekistonUniversiteti #algoritmika#musobaqa
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook