@termizmuzey · Post #1441 · 22.04.2025 г., 11:43
Azamat Hatamov – Termizda: San’at va ilhom birlashgan kun Bugun, 2025-yil 22-aprel kuni “Termiz “davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘zgacha bir muhit, san’at va ilhom bilan yo‘g‘rilgan kun bo‘ldi. Mashhur haykaltarosh rassom Azamat Hatamovning tashrifi nafaqat muzey hayotiga, balki butun san’at ixlosmandlariga katta hodisa sifatida muhrlandi. Azamat Hatamov bilan bo‘lgan uchrashuv, ayniqsa yosh ijodkorlar va san’at ixlosmandlari uchun katta ilhom manbai bo‘ldi. Ularning ko‘zida esa birgina ishtiyoq — san’at orqali yurakka yetib borish, tarixni tasvir orqali jonlantirish orzusi porlab turdi. “Termiz “davlat muzey-qo‘riqxonasi uchun bu tashrif alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u san’at va madaniyat yo‘lida yana bir muhim sahifani ochdi. Shubhasiz, bu kun ishtirokchilarning qalbida uzoq saqlanib qoladi. 🏛️#Milliy meros @termizmuzey
Hashtags