@newuzbekistanuniversity · Post #3990 · 18.10.2025 г., 14:55
Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi 🌐 "Yangi O‘zbekiston" universiteti va dunyo miqyosida tan olingan, QS reytingida 44-o‘rinni egallagan Gonkong Fan va Texnologiyalar Universiteti (HKUST(GZ)) o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumlari imzolandi. ⚡️ Ikki oliygoh o‘rtasidagi global ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish, fanlararo innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi. 📚 Hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy loyihalar, malaka oshirish dasturlari, akademik almashinuvlar va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish imkoniyatlari kengaytiriladi. 🎗Bu tashabbus yoshlarimizga ilg‘or bilim va tajriba berish sari dadil tashlangan navbatdagi qadamdir. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #memorandum#HKUST ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags