TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #61 · 2 апр.

Ранее я уже упоминал о другой фишке из ˍˍfutureˍˍ , это оператор деления. from __future__ import division Суть проста. Раньше сложность типа данных результата поределялась типом самого сложного операнда. Например: int/int => int int/float => float В первом случае оба операнда int, значит и результат будет int. Во втором float более сложный тип, поэтому результат будет float. Если нам требуется получить дробное значение при делении двух int то приходилось форсированно один из операндов конверировать в float. 12/float(5) => float Но с новой "философией" это не требуется. В Python3 "floor division" заменили на "true division" а старый способ теперь работает через оператор "//". >>> 3/2 1.5 >>> 3//2 1 То есть теперь деление int на int даёт float если результат не целое число. В классах теперь доступны методы __floordiv__() и __truediv__() для определения поведения с этими операторами. Данный переход описан в PEP238. #pep#2to3#basic

Резултати

Пронајдени 5 слични објави

Пребарај: #bursa

当前筛选 #bursa清除筛选
ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

@ozbek_kadin_haklari · Post #3930 · 11.04.2026 г., 10:38

#Bursa 🇺🇿Manzil — Bursa: Ilm va ma’rifat sari muhim qadam! ✨ Bugun jamoamiz Turkiya Respublikasining tarixiy va go‘zal shahri — Bursa tomon yo‘l oldi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi — “O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati” hamda “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va madaniyat markazi” hamkorligida tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy dasturda ishtirok etishdir. ⚡️ Shu bilan birga, tashrif doirasida Bursada istiqomat qilayotgan vatandosh ayollarimiz bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish hamda faol vatandoshlarimizni e’tirof etish va rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan. ✅ Mazkur tashrif ilmiy-amaliy tajriba almashish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish va Bursadagi vatandoshlar bilan aloqalarini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. 🔎Bizni kuzatishda davom eting! Bundan-da katta yangiliklar hali oldinda! 🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Hashtags

ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

@ozbek_kadin_haklari · Post #3952 · 12.04.2026 г., 16:16

#Bursa #milliyqadriyat 📸Tadbirdan fotolavhalar ✨ Bursa TÜDAM qoshidagi Alisher Navoiy nomli O‘zbek tili va madaniyat markazida o‘tgan unutilmas lahzalar muhrlangan suratlar. Ilm, madaniyat va milliy g‘urur birlashgan kun! ✈️Bizni kuzatishda davom eting! 🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

@ozbek_kadin_haklari · Post #3931 · 12.04.2026 г., 11:19

#Bursa #milliyqadriyat 🇺🇿Ilm, Ma’rifat va Milliy G‘urur Tantanasi! Bugun Jamiyatimiz tomonidan Bursa TÜDAM qoshidagi Alisher Navoiy nomli O‘zbek tili va madaniyat markazida ilm-fan, hamjihatlik va milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan ilmiy-amaliy tadbir o’tkazildi. Tadbir shunchaki uchrashuv emas, balki o‘zbek ruhini Turkiyada yashnatgan haqiqiy ma’naviyat bayramiga aylandi. ✨ Tadbirda xalqaro doira va mahalliy hokimiyat vakillari jam bo‘ldilar. Xususan, DATÜB (Dünya Ahıskalı Türkler Birliği)rahbariyati, Gürsu shahar hokimiyati kengashi a’zolari, AK Parti Bursa viloyati ayollar qanoti vakillari, Bursa Uludağ universiteti va Bursa Texnika universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari, Qo'qon universiteti professor-o’qituvchilari va vatandosh xotin-qizlarimiz qatnashdilar. ⚡️ Ikki qardosh davlat — O‘zbekiston va Turkiya madhiyalari sadosi ostida boshlangan tadbir xalqlarimiz o‘rtasidagi buzilmas do‘stlik rishtalarini yana bir bor namoyon etdi. 🌸 Tadbirning eng hayajonli qismi taqdirlash marosimi bo‘ldi. Jamiyat rivojiga hissa qo‘shayotgan faol o‘zbek ayollari hamda o‘zbek-turk do‘stligiga kamarbasta bo‘layotgan mahalliy hokimiyat vakillariga maxsus Tashakkurnoma va milliy esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning fidokorona mehnatlari munosib e’tirof etildi. 💧 Eng ta’sirli lahzalar O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan Ahiska turklari bilan kechgan muloqotda kuzatildi. Ular kindik qoni to‘kilgan tuproq sog‘inchi va bolalik xotiralarini so‘zlar ekanlar, hayajonli ko‘z yoshlari bilan barchaning qalbini junbushga keltirdilar. 🎓 Bursadagi nufuzli universitetlarda tahsil olayotgan izlanuvchan talabalarimiz bilan kechgan muloqot tadbirga o‘zgacha energiya bag‘ishladi. Yoshlarimizning vatan ravnaqi yo‘lidagi g‘ayrati va kreativ g‘oyalari muhokama qilinib, bu uchrashuv xorijdagi yoshlarni birlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 🍲 Mehmondo‘stlik an’analarimizga muvofiq, barcha ishtirokchilarga, xususan talabalarga o‘zbek oshxonasi gultoji — palov tortiq etildi. Vatan mehri bilan tayyorlangan bu taom davradagi samimiylikni yanada oshirdi. 🎶 Tadbirning badiiy qismi milliy o‘tovdagi sehrli muhitda davom etdi: yangragan she’rlar, taronalar va samimiy gurunglar har bir yurtdoshimizni vatan sog‘inchi va g‘ururi atrofida birlashtirdi. Bu uchrashuv uzoqdagi yaqinlarimizni umumiy maqsad yo‘lida bog‘lovchi ma’naviy ko‘prikka aylandi. ✨Maqsadimiz bitta: Milliy qadriyatlarimizni asrash, ilm-fanni ulug‘lash va xorijdagi yurtdoshlarimiz o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash! 🌸 Ushbu uchrashuvni tashkil etishda yaqindan ko‘maklashgan TÜDAM hamda Alisher Navoiy nomli O‘zbek tili va madaniyat markazi rahbariyatiga, “O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati”ning Bursadagi yangi tayinlangan vakili Surayyo Xodjayeva va barcha ishtirokchilarga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. 🤝Birligimiz va ma’naviy hamjihatligimiz bardavom bo‘lsin! 🔎Bizni kuzatishda davom eting! 🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

@ozbek_kadin_haklari · Post #2181 · 18.03.2025 г., 15:04

#iftorlik #bursa #17Mart ⚡️Kecha Jamiyatimiz rahbari Ozoda İslomova boshchiligidagi jamoamiz Bursa shahrida yashab turgan O’zbekistonlik vatandoshlarimizning taklifiga binoan tashkil etilgan iftorlik tadbirida ishtirok etdi. ✨Tadbir davomida iftorlik dasturxonining atrofida Bursadagi vatandoshlarimiz bilan samimiy va mazmunli suhbatlar o’tkazildi. 🤝Ushbu tadbir, Vatandoshlarimizni birlashtirgan va ular o’rtasida iliq aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilgan muhim bir uchrashuv bo’ldi. ✔️Bizni kuzatishda davom eting! Bundan-da katta yangiliklar hali oldinda! 🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!